Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan`anaviy, “Aqliy hujum”.
Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;
Dars didaktikasi:
a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, rasm vositalar, klasterlar.
b) texnik vositalari: televizor, kompyuter, videoproyektor, ekran, tarixiy obida rasmlari, chizg’ichlar, shakllar.
Darsning blok-sxemasi:
T/r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2.
|
Siyosiy daqiqa
|
3 daqiqa
|
3.
|
O’tilgan mavzuni takrorlash (“U qayerda” o’yini)
|
12 daqiqa
|
4.
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
5.
|
Yangi mavzuni mustaxkamlash (Ranglarni bilasizmi?)
|
5 daqiqa
|
6.
|
Dars yakunlash va xulosalash
|
4 daqiqa
|
7.
|
Uyga vazifa
|
4 daqiqa
|
Darsning shiori:
„Go’zallik har yerda intiq kutilgan mehmon“
Gyote
„Qiyinchilik aqlning charxi-yu, g’ayratning qayrog’i bo‘lur“
Abdulla Qahhor
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, navbatchini aniqlash, davomat, sanani aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini e`lon qilish
d) O`rganiladigan BKM larni e`lon qilish:
e) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:
1. O`zaro hurmat 2. O`zgalar fikrini hurmat qilish
3. Erkin fikrlash 4. Intizomlilik 5. Topqirlik 6. Hozirjavoblik
O’tilgan mavzuni takrorlash
O’quvchilar o’tilgan mavzu yuzasidan bajarib kelgan tarixiy obidalarini topshiradilar. Tahlil qilingandan so’ng eng namunali ijodiy ishlar taqdirlab qo’yiladi. So’ngra mamlakatimizda joylashgan tarixiy obidalarning o’ziga xos qiziqarli tarixi, yaratilish afsonalari haqida ma’lumotlar so’zlab beradilar.
O’tilgan mavzuni yanada mustaxkamlash maqsadida o’quvchilar bilan „U qayerda“ nomli o’yin o’tkaziladi. Bunda o’quvchilar birin ketin doskaga chiqib variantlar ichidan birini tanlab u qaysi yodgorlik ekanini topib so’ngra Respublikamizning qayerida joylashganini haritadan ko’rsatadilar va yodgorlikni o’sha yerga yopishtiradilar. Topshiriq har bir o’quvchi uchun atalgan bo’lib barcha o’quvchilar darsda ishtirok etadilar.
1 2 3
4 5 6
Variantlar:
1. Shohi Zinda maqbarasi – Samarqand
2. Minorai kalon – Buhoro
3. Go’ri amir maqbarasi – Samarqand
4. Sherdor madrasasi – Samarqand
5. Pahlavon Mahmud maqbarasi – Xiva
6. Olloqulixon madrasasi – Xiva
7. Mulla Qirg’iz madrasasi – Namangan
8. Mulla Bozor Ohund maqbarasi – Namangan
9. Burhoniddin Marg’inoniy maqbarasi – Farg’ona
10. Bibixonim maqbarasi – Xorazm
11. Abu Iso at Termiziy – Surxandaryo
12. Kalta minor – Xiva
13. Xudoyorxon saroyi – Farg’ona v. Qo’qon sh
14. Qutayba Ibn Muslim – Andijon
15. Deggaron majmuasi – Navoiy
16. Oqsaroy – Qashqadaryo
17. Sulton Uvays Bobo – Qoraqalpog’iston
18. Ismoil Somoniy maqbarasi – Buhoro
19. Bahouddin Naqshband maqbarasi – Buhoro
20. Abu Mansur al Matrudiy yodgorligi – Samarqand
21. Imom Buhoriy yodgorligi – Samarqand
22. Ulug’bek madrasasi – Samarqand
23. Muhammad Rahimxon madrasasi – Xiva
24. Buhoro arki – Buhoro
25. Tosh darvoza – Xiva
26. Qo’sh darvoza – Xiva
27. Jarqo’rg’on minorasi – Surxandaryo
28. Vobkent minorasi – Buhoro
29. Hazrati Imom majmuasi – Toshkent
30. Shahidlar xotirasi majmuasi – Toshkent
31. Tillakori madrasasi – Samarqand
32. Ko’kaldosh madrasasi – Toshkent
Do'stlaringiz bilan baham: |