Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy tashabbuslari, qoidaga ko’ra, vakillik va qonunchilik hokimiyatlarida hamma vaqt shikoyat – ariza tarzida ko’rib chiqiladi. Buning sababi shundaki, parlament o’zining shakllanishi, vujudga kelishi usullariga ko’ra ham jamiyatga eng yaqin turadigan davlat organidir, qolaversa, u o’zining tashkiliy imkoniyatlariga ko’ra ham fuqarolik jamiyatlari institutlari bilan o’zaro samarali aloqalarga kirisha oladi. Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati ham, davlat ham muntazzam ravishda bir-birlariga qarab intiladigan tashkilotlardir (buning uchun albatta zaruriy shart-sharoitlar, jamiyatda yetakchilik qiladigan liberal tamoyillar, demokratik qadriyatlar amalda bo’lmog’i, davlatning o’zi huquqiy asoslarga ega bo’lmog’i, davlatning o’zi esa huquqiy asoslarga ega bo’lmog’i taqozo) etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |