Baho strategiyasi - Marketingda bir necha baho strategiyalari mavjud. Yuqori baho yoki «qaymog`ini olish» strategiyasi — avvalo tovar bahosini ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o`rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu usul bilan yangi tovarlar (patentlar bilan himoyalangan) sotiladi va bozorga kirgandan keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida arzonlashtirib boriladi. YUqori baho strategiyasi, sotuvchiga tezda sarf-xarajatlarni qaytarib olishga yordam beradi. Ammo faqat yangi, yuqori sifatli, ko`p xususiyatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi tovarlar hamda iste'molchilarning ham alohida — novatorlariga mo`ljallangan bo`ladi. Firma bozorda yangi tovarlar taklif qilishda monopol holatda bo`lsa, talab taklifdan yuqori, baland narx xaridorlar tomonidan yuqori sifatli tovar belgisi deb qabul qilingan vaqtlarda bu strategiya o`zini oqlaydi.
Keyinchalik bozorda o`xshash tovarlar — raqiblar paydo bo`lgandan keyin (bozor yetilganda) firma o`z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovar modifikatsiyasini yarata boshlaydi. «Past narx» strategiyasi yoki «yorib kirish» Tovarlar boshlang`ich bahosi past o`rnatilib talab rag`batlantiriladi, raqobatda yutib chiqiladi, raqiblar tovarini bo zordan siqib chiqariladi, unda asosiy ulushini egallaydi va keyin tovari narxini oshira boshlaydi. Ammo «xaridorlar» bozorida bu strategiyani qo`llash juda qiyin, faqat to`yinmagan «sotuvchilar» bozorida biror natijaga erishish mumkin. «Standart va o`zgaruvchan narxlar o`rnatish» Agar tovar harakati qatnashchilari o`z tovari bahosini o`zgartirmaslikka intilsa, ko`p vaqt standart narx saqlanibturadi. Bunda qandolat, saqichlar, transport xizmati va hokazolar - bahosini firma sarf-xarajatlar.i ko`paysa ham bir me'yorda ushlab turadi. Ammo tovarlar o`ramasi, qadog`i yoki boshqa sarflarini kamaytiriladi. - Keyinchalik bozorda o`xshash tovarlar — raqiblar paydo bo`lgandan keyin (bozor yetilganda) firma o`z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovar modifikatsiyasini yarata boshlaydi. «Past narx» strategiyasi yoki «yorib kirish» Tovarlar boshlang`ich bahosi past o`rnatilib talab rag`batlantiriladi, raqobatda yutib chiqiladi, raqiblar tovarini bo zordan siqib chiqariladi, unda asosiy ulushini egallaydi va keyin tovari narxini oshira boshlaydi. Ammo «xaridorlar» bozorida bu strategiyani qo`llash juda qiyin, faqat to`yinmagan «sotuvchilar» bozorida biror natijaga erishish mumkin. «Standart va o`zgaruvchan narxlar o`rnatish» Agar tovar harakati qatnashchilari o`z tovari bahosini o`zgartirmaslikka intilsa, ko`p vaqt standart narx saqlanibturadi. Bunda qandolat, saqichlar, transport xizmati va hokazolar - bahosini firma sarf-xarajatlar.i ko`paysa ham bir me'yorda ushlab turadi. Ammo tovarlar o`ramasi, qadog`i yoki boshqa sarflarini kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |