Quloqning tuzilishi va fiziologiyasi
Eshituv tizimi. Eshituv tizimi - insonlardagi eng muhim distant sensor tizimlardan biri bo'lib, insonlarda nutqning paydo bo'lishi va shaxslarning o'zaro munosabatida muhim ahamiyat kasb etadi. Akustik signatlar havoni har xil chastota va kuchda tebratib, ikkala quloqning chig‗anog‗ida joylashgan eshituv retseptorlarini qo‗zg‗atadi.
1Tashqi va о‗rta quloqni bir-biridan 0,1 mm qalinliqdagi nog‗ora pardasi ajratib turadi. Unga о‗rta quloqdagi suyakchalar (bolg‗acha, sandon, uzangi) birlashgan bо‗lib, ular tovushga moye ravishda tebranma harakat qiladi va hosil bо‗lgan tо‗lqinlarni kuchaytirgan holda ichki quloqqa о‗tkazadi. Burun-tomoq bilan eshitish yoki yevstaxiyev nayi (3,5 sm uzunlikka, 2 mm kenglikka ega) orqali boglangan. Kishi yutinganida, esnaganida, chaynash harakatlarini qilganida bu nay orqali havo о‗rta quloqqa о‗tib, u yerdagi bosim tashqi quloqdagi bosim bilan tenglashadi.
Ichki quloq suyakli va uning ichidagi pardali labirintlardan iborat, ularning orasida perilimfa, pardali labirint ichida esa endolimfa suyuqliklari bо‗ladi. Ushbu suyuqliklar tovush ta‘sirida nog‗ora pardasi tebranishlarini о‗rta quloqdagi suyakchalar tebranma harakatiga kura qabul qiladi va ularni nerv impulslariga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Suyakli labirint uchta, ya‘ni daxliz, chiganoq va yarim doyra kanallardan tashkil topgan. Chiganoq ichida tovush qabul qiluvchi retseptor - spiralli kortiyev a‘zo joylashgan. Kortiyev a‘zoda tovush qabul qiladigan ichki (3500) va tashqi (1200) tukli hujayralar bо‗ladi. Ushbu hujayralardan eshitish nervi boshlanadi.
Eshitish analizatori uchun adekvat qitiqlagich bu tovush tо‗lqinlaridir. Turli tovushlar ma‘lum chastotada (1 sek davomida tо‗lqin soni gers (Gs) birligida) va kuchda (tebranish tо‗lqinlarining amplitudasiga kura detsibillarda, db) bir-biridan farqlanadi. Odam eshita oladigan eng baland tovush 20.000 Gs ga, eng past tovush
1 Human Anatomy and Physiology. Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003 198-205
esa 12-24 Gs ga teng. Shundan yuqori tovushlar quloqda ogriq paydo qiladi (masalan, reaktiv motorli samolyot tovushi), pasti umuman eshitilmaydi.
Inson 1000-4000 Gs tovushlarni eng yaxshi eshitadi yoki shunday tovushlarga quloqda yuqori qо‗zg‗alish hosil bо‗ladi. Undan past va yuqori chastotali tovushlarga nisbatan qо‗zgalish juda kuchsiz bо‗ladi.
Tovush tо‗lqinlari tashqi va о‗rta qulokdan yuqorida qayd qilingan mexanizm asosida ichki quloqqa yetib kelib, chig‘anoqdagi suyakli va pardali labirintlar orasidagi suyuqliklarga beriladi. Ularning tebranishi esa chig‘anoqdagi asosiy membranaga beriladi va membrana tebranishi tukli xujayralarni harakatga keltiradi. Natijada ma‘lum harakat potensiali yuzaga kelib, nerv tolalarida berilgan tovushga xos tegishli qо‗zg‗alish yoki impuls hosil bо‗ladi. Turli xil kuch va tonga ega tovushlar har xil tukli hujayralar tomonidan qabul qilinib, shunga tegishli harakat potensiallarini hosil qiladi Tashqi va o 'rta quloqning tuzilishi va vazifalari Tashqi eshituv yo‗li tovush tebranishlarini quloq pardasiga (nog‗ora parda) yetkazadi. Nog‗ora parda tashqi quloqni o‗rta quloqdan ajratib turadi, uning shakli ichkariga yo‗nalgan voronkani eslatadi (0,1 mm). Nog‗ora parda tashqi eshituv yo‗li orqali kelgan tovush to'lqinlariga tebranadi. O 'rta quloq. Havo bilan to‘lgan o‗rta quloqda uch xil suyakchalar mavjud. Ular bolg ‗acha, sandon va uzangi deb nomlanadilar, bu suyakchalar nog‗ora pardaning tebranishlarini ichki quloqqa o'tkazadi. Suyakchalardan biri- bolg‗acha dastasi nog‗ora pardaga suqilib kirgan, bolg‗achaning ikkinchi tomoni sandonga birlashgan. Nog‗ora pardaning tebranishlari bolg'acha dastasi bilan sandon o‗sig‗idan tuzilgan richagning uzunchoq dastasiga o‗tadi, shu sababli tovush tebranishlari amplitudasi kamayib, kuchi oshgan holda uzangiga keladi. Uzangining boshi darcha membranasiga tarqalib turadigan yuzasi 3,2 mm 2 ga teng. Nog‗ora pardaning yuzasi esa 70 mm2. Nog‗ora parda bilan uzangi yuzasining nisbati 1:22, shu tufayli tovush to‗lqinlari oval darcha membranasini taxminan 22 barobar ortiqroq kuch bilan bosadi. Havoli muhitda yoyiladigan tovush tebranishlari eshituv suyakchalari orqali o‗tib, endolimfa suyuqligining tebranishlariga aylanadi
O‗rta quloqning ichki quloqdan ajratib turgan devorchada oval darchadan tashqari, yumaloq darcha ham bor. Chig'anoq endolimfasining oval darcha yonida vujudga keladigan va chig'anoq yo‗llari orqali o‗tgan tebranishlari so‗nmasdan yumaloq darchaga yetib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |