O‘tkir traxeit
O‘tkir traxeit kamdan kam hollarda alohida kechadi,
ko‘pincha, o‘tkir rinit, faringit va laringitning asorati hi-
soblanadi, asosan, kuzda, qishda va bahorda avj oladi.
O‘tkir traxeitning avj olishining asosiy sabablaridan biri
organizm ning umumiy sovqotishi natijasida yuzaga keladi-
gan o‘tkir virusli infeksiyadir.
Traxeyadagi morfologik o‘zgarishlar shilliq pardaning
shishishi, infiltrlanish va giрeremiya bilan xarakterlanadi.
Kasallikning asosiy alomati – tunda yo‘talning kuchayi-
shi hisoblanadi. Kasallikning boshida yo‘tal quruq bo‘lib,
keyin balg‘am ko‘chadi. Yo‘tal xurujidan keyin aksari hol-
larda to‘sh orqasida va hiqildoq sohasida paydo bo‘ladigan
og‘riq bezovta qiladi. Ovoz, odatda bo‘g‘iq bo‘ladi.
Davolash o‘tkir kataral laringitdagi kabi o‘tkaziladi.
O‘p kani doimo nazorat qilib turish zarur, og‘ir hollarda
bron xopnevmoniya, bolalarda esa kapillyar bronxit rivojla-
nishi mumkin.
12
178
MASALALAR
1. 18 yoshli bemorning tishini oldirganidan so‘ng va ja-
rohatga yod bilan ishlov berilgandan keyin to‘satdan nafasi
qisilgan. Nafas olish va chiqarish orasidagi pauza qisqar-
gan. Nafas shovqinli, bir daqiqada 10–11 marta.
1. Bu holatning sababi nimada?
2. Qanday shoshilinch yordam chora-tadbirlari ko‘rish
zarur?
2. 4 yoshli bola VO‘RK bilan og‘rigan. To‘satdan tun-
da nafasi qisila boshlagan, u qiynalib nafas olmoqda, teri
qatlamlari ko‘kargan, xuruj bir necha daqiqa davom etib,
so‘ng quv-quv yo‘tal paydo bo‘ldi.
1. Sizning tashxisingiz?
2. Qanday shoshilinch yordam chora-tadbirlari ko‘rish
zarur?
3. Avtomobil falokati vaqtida bemor hiqildoq sohasi
bilan qattiq urilgan. U urilgan joyidagi kuchli og‘riqdan,
tovush o‘zgarishidan, nafas olishning qiyinlashuvidan shi-
koyat qilmoqda. Traxeostomiya o‘tkazishning iloji yo‘q.
1. Bunda qanday chora-tadbirlarni qo‘llash mumkin?
2. Mavjud bo‘lgan qanday vositalardan foydalansa
bo‘ladi?
4. 1 soat avval o‘tkazilgan traxeostomiyadan so‘ng be-
morning ahvoli og‘irlashdi. Traxeostomik nay orqali nafas
179
olish qiyinlashdi. Bemorning yuzi, bo‘yni, ko‘krak qafasi-
ning yuqori qismi shishdi.
1. Buning sababi nimada?
2. Qanday yordam chora-tadbirlarini qo‘llash kerak?
5. Terapevtik statsionarda davolanayotgan bemorga
lakunar angina bor deb tashxis qo‘yilgan.
Bu holda qanday profilaktik tadbirlarni amalga oshirish
zarur?
6. Bemor ikki yildan beri ovozi xirillab qolayotganidan
shikoyat qilib, shifokorga murojaat etdi. Laringoskopiyada
burmalarning bo‘sh turgan chekkasida angioma aniqlandi.
Bemorni qanday davolash kerak?
7. Bemor shifokorga murojaat qilib, ovozi bo‘g‘ilib qol-
ganidan, tomog‘i qichishidan shikoyat qildi. Ovozi o‘zgar-
gan bo‘lib, quruq yo‘tal kuzatilmoqda. Laringos kopiyada:
shilimshiq yiringlar to‘plangan, shilliq qavat shishgan.
Siz qanday chora-tadbir ko‘rgan bo‘lardingiz?
180
Do'stlaringiz bilan baham: |