Quloq tomoq


Angina bilan og‘rigan bemorlarni parvarishlash



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Angina bilan og‘rigan bemorlarni parvarishlash. Angina 
– o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, bemorni alohida xonada 
parvarish qilinadi. Oilaning sog‘lom a’zolari to‘rt qavat-
li doka niqob yoki maxsus tibbiy niqob taqishlari kerak. 
Bemorga alohida idish-tovoq ishlatish maqsadga muvofiq. 
Xonani muntazam shamollatib turish zarur. Bemor 8–10 
kungacha o‘rnidan turmasdan yotishi kerak. Bu tavsiyalar-


126
ga qat’iy rioya qilinsa kuzatilishi mumkin bo‘lgan aso-
ratlarning (yurak, bo‘g‘in, buyrak kasalliklari) oldi olinadi. 
Intoksikatsiya holatlarini inobatga olgan holda, bemor-
ga ko‘p suyuqlik, suyuq, kaloriyaga va vitaminlarga boy 
oziq-ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Tomog‘ini 
chayishga qiynalayotgan yosh bolalarga har 1–1,5 soatda 
issiq limonli choy yoki mevali sharbat berish lozim.
Tomoqni chayish uchun turli dezinfeksiyalovchi vosi-
talardan foydalaniladi. Bu muolaja halqumning yallig‘la-
nish kasalliklar ida keng qo‘llaniladi (faringit, angina, para-
tonzillar abssess, surunkali tonzillit).
Tomoqni chayish uchun qo‘llaniladigan (200–250 ml) 
suyuqlikni 40–42°C gacha isitish kerak bo‘ladi. Bemor 
og‘ziga bir qultum suyuqlikni olib, boshini orqaga en-
gashtirib 30 soniya davomida tomog‘ini chayib turadi. Mu-
olaja bir sutkada 6–8 mahal qaytariladi.
Isituvchi kompress qo‘yish texnikasi: 6–8 qavat tax-
langan doka salfetkani suv bilan aralashtirilgan 70°C li 
etil spirtida ho‘llab, bo‘yinning oldingi va yon yuzalariga 
qo‘yiladi. Uning ustidan salfetkadan kattaroq polietilen 
plyonka, uning ustidan bir qavat paxta yopiladi va bint bi-
lan bo‘yinda o‘rab bog‘lanadi. Kompress 6–8 soatga qoldi-
riladi. U olingandan keyin teri quritib artiladi va bo‘yin-
ga quruq dokadan yoki yupqa paxtali matodan bog‘lam 
qo‘yiladi.
Lakunar va follikular anginada antibiotiklar (keng qam-
rovli antibiotiklar yoki makrolidlar) buyuriladi. Shu bilan 
bir qatorda asetilsalitsil kislotasi, antigistamin vositalar, 
askorbin kislotasi tavsiya etiladi.
Anginani oldini olish maqsadida surunkali infeksiya 
o‘choqlarini sanatsiya qilish, burundan nafas olishga xa-
laqit beruvchi omillarni bartaraf etish zarur. Organizmni 
chiniqtirish, mehnat va dam olishni to‘gri tashkil etish, 
chang, tutun, juda quruq havo, alkogol kabi zaharli ta’sirlar-
ni bartaraf etish katta ahamiyatga ega. Tez-tez angina bilan 
og‘riydigan odamlar dispanser kuzatuvida bo‘lishi lozim.


127

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish