Quloq tomoq



Download 3,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/173
Sana31.12.2021
Hajmi3,3 Mb.
#250308
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   173
Bog'liq
quloq tomoq va burun kasalliklari

Simptomlari. O‘tkir laringit tovush bo‘g‘ilib qolishi, to-
moq qichishishi, achishish va tomoqning qurib qolishi bilan 
xarakterlanadi. Tana harorati odatda normal, kam hollarda 
subfebrilgacha ko‘tariladi. Subyektiv sezgilar bilan birga 
kasallikning dastlabki kunlarida quruq, keyinroq balg‘amli 
yo‘tal bezovta qiladi. Tovush hosil qilish funksiyasining 
buzilishi har xil darajadagi disfoniyadan to afoniyagacha 
boradi. Ba‘zi hollarda nafas olish qiyinlashadi, bu shilim-
shiq-yiringli qatqaloqlar to‘planishi va shilliq pardaning 
shishishi bilan bog‘liq. Laringoskopiyada barcha hiqildoq 
bo‘limlarining bir xil qizarishi, nafas yorig‘ida yopishqoq 
modda to‘planishi aniqlanadi. Bolalarda laringitni difteri-
yaning tarqalgan shaklidan ajratish lozim. Bu holda patolo-
goanatomik o‘zgarishlar, fibrinoz yallig‘lanish, shilliq osti 
to‘qimalar bilan zich bog‘langan kulrang sarg‘ish rangdagi 
pardalar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Davosi. Ehtiyot choralarini ko‘rish, ya’ni baland ovoz-
da gapirmaslik zarur. Bordi-yu, kasalning kasb-kori ko‘p 
gapirish bilan bog‘liq bo‘lsa, tovush funksiyasi tamomila 
tiklanmagunga qadar bemor ishdan ozod qilinadi. Davo-
lashda ovqatlanish rejimi muhim o‘rin tutadi. Bunda sovuq, 
juda ham issiq, achchiq ovqat yeyish man qilinadi. Bemor 
spirtli ichimliklar ichmasligi va chekmasligi kerak. Hiqil-
doqning shilliq pardasi iliq suv yoki iliq mineral suv ichish, 
bo‘yinga isituvchi kompress qo‘yish yo‘li bilan isitiladi. 
Dori-darmonlar bilan davolash hiqildoqdagi yallig‘lanish 
jarayonini tugatish va kasallik asoratlarining oldini olishga 
qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun antibiotiklarni ayerozol 
yoki eritmalarini ingalatsiya holida tayinlash lozim: penit-
sillinni 10 ml natriy xloridning izotonik eritmasi bilan 


158
ingalatsiya uchun 5 daqiqadan kuniga 2 marta, kamida 
10 kun qilinadi. Qator hollarda yuqoridagi eritmalarga 
2 ml gidrokortizon suspenziyasi qo‘shish maqsadga mu-
vofiq. Organizmning antibiotiklarni ko‘tara olishini tek-
shirgan holda boshqa antibiotiklarni ham ingalatsiya uchun 
qo‘llash mumkin. Qatqaloqlar bo‘lganida hiqildoqqa (01. 
Persicorum) 7 kungacha har kuni 2–3 g dan o‘simlik moyi 
tomizish yaxshi natija beradi. Bolalarga oyoqqa chalg‘ituv-
chi issiq vannalar, boldirlarga xantallar qo‘llash, namlan-
gan kislorod hidlatish kerak. Kasal bola yotgan xona havo-
sining namligini saqlab turish kerak. O‘tkir kataral laringit 
o‘tib ketgandan so‘ng, yuqori nafas yo‘llarini tekshirish va 
tishlar, murtaklar hamda boshqalardagi yuqumli o‘choqlar-
ni sog‘lomlashtirish zarur.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish