O‘tkir infeksion kasalliklardagi angina
Qizamiq infeksion kasalliklarning keng tarqalgan turi
bo‘lib, u bilan barcha yoshdagi odamlar og‘rishi mum-
kin. Ko‘proq qizamiq bilan 4–5 yoshdagi bolalar og‘riy-
di. Faringoskopiyada kataral anginaga o‘xshash o‘zga-
rishlar aniqlanadi. Qizamiqdagi ikkilamchi anginaga og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq pardasini ko‘zdan kechirib (Belskiy –
Filatov – Koplik dog‘lari mavjudligi), teri qoplamalari-
da polimorf toshmalar, burun bo‘shlig‘i shilliq pardasida
va konyunktivada kataral o‘zgarishlarga asoslangan holda
tashxis qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |