O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SIRDARYO VILOYATI XTB TASARRUFIDAGI XOVOS TUMANI XTB GA QARASHLI 12-UMUMTA`LIM MAKTAB BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI QUDRATOVA SHAXNOZANING ONA TILI FANIDAN
SHAHAR, QISHLOQ, KO`CHA VA DARYO NOMLARIDA BOSH HARF
mavzusida tayyorlagan dars ishlanmasi
1 soatlik
DARS ISHLANMA
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
№
|
Darsning qismlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Darsning mazmuni
|
Ta’lim me’todlari
|
Ta’lim vositalari
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5
|
1. O’quvchilar bilan salomlashish;
2. Navbatchi axborotini tinglab, davomatni aniqlash;
3. Darsga tayyorgarlikni tekshirish.
|
Og’zaki
|
Jurnal
plakat
|
2.
|
O’tilgan mavzuni so’rab baholash
|
10
|
1. O’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob;
2. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash.
|
Aqliy hujum
|
Tarqatma materiallar
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
10
|
Yangi mavzu bo’yicha tushuncha berish
|
Ma’ruza
|
Kitob va internet ma’lumotlari
|
4.
|
Mustahkamlash
|
15
|
1. Nazariy bilimlarni mashqlar orqali amalda qo’llash;
2. Mavzu bo’yicha o’quvchilar o’rtasida bahs-munozara.
|
Guruhlarda ishlash
|
Testlar banki, tezkor savol-javoblar
|
5.
|
Yakuniy qism
|
5
|
O’tilganlarni o’rganib, mavzu bo’yicha gaplar tuzish
|
Og’zaki
|
Darslik
|
DARS ISHLANMA
Sana:
Sinf: 2
Fan: Ona tili
Mavzu: Shahar, qishloq, ko`cha, daryo nomlarida bosh harf.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Shahar, qishloq, ko`cha, daryo, bosh harf, so`roqlari.
Darsning jihozi: Rangli rasmlar, darslik, dars ishlanma, rasmli plakat, tarqatmalar, testlar banki.
Darsning usuli : suhbat va bayon qilish, guruhlarda ishlash.
Darsning turi: yangi tushunchalarni shakllantirish.
Nazorat: O`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.
Maqsadlar:
Ta`limiy; Shahar, qishloq, ko`cha, daryoga, biror joyga qo`yilgan nomlarda bosh harfning ishlatilishi haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy; O`quvchilar qalbida insonlarga atrof – muhitga bo`lgan muhabbat tuyg`ularini uyg`otish.
Rivojlantiruvchi; O`quvchilarda xatosiz diktant yozish ko`nikmasini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: O`quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga , bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o`rgatadi.
Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementleri (tinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, o`qish, fikrni yozma bayon qilish.) hokmatli gap, hikoya, she`r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to`g`ri o`qiy oladi, o`zbek tilida nutq tovushlarini to`g`ri qo`llay oladi, talaffuz me`yorlariga rioya qila oladi, bo`g`in ko`cherish qoidalariga rioya qila oladi, tinish belgilarini to`g`ri qo`llay oladi.
Darsning borishi:
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo`qlama qilish, o`quvchilarni darsga tayyorliklarini tekshirish.
O`quvchilar shahar nomlari asosida guruhlarga bo`linadi: “Samarqand” “Buxoro”, “Xorazm”, “Andijon”
Do'stlaringiz bilan baham: |