bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani
ham yo‘q. Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini
qildi, xolos...“ tarzidagi mulohazasiga e’tibor qiling. Qahramonning
shu fikrlariga asoslanib, onangiz, opangiz, yaqinlaringiz
bo‘lmish o‘zbek ayollari hayoti haqida fikr qiling.
5. Asarning: „Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan,
davron suraylik“ qo‘shig‘i bilan yakunlanishini qanday izohlaysiz?
O‘z ahvolini taftish va tahlil qilmaslik, o‘zining aslida qanday yasha-
yotganini bilmaslikni fazilat deb bilasizmi yoki ayb?
6. Komediyada muallifning ijodiy topildig‘i hisoblasa bo‘ladigan
qanday tasvirlarni ko‘rsata olasiz?
7. Muallifning tildan foydalanish mahorati haqida fikr bildiring.
Qo‘chqor tilini Olimjonning so‘zlash yo‘sini bilan,
Alomatnikini Qumrining nutqii bilan solishtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |