Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv


qo‘chqor: — Hech kim mehnatdan o‘lmaydi, Olimtoy... Olimjon



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/291
Sana17.07.2021
Hajmi3,46 Mb.
#121644
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   291
Bog'liq
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

qo‘chqor: — Hech kim mehnatdan o‘lmaydi, Olimtoy...
Olimjon: — E, ana o‘ldi-ku! Yana nima kerak sizga! 
Shundayam ko‘zingiz ochilmadimi, qanaqa Xudo qarg‘agan odam-
siz?! Siz, Qo‘chqor aka, inkvizitorsiz!
qo‘chqor: — Nima-zitor? 
Olimjon: — Inkvizitor!
qo‘chqor: — Yo‘g‘-e, Olimtoy, inkvizitormas, mexanizator, de...
Olimjon: — Hamma zamonlardayam inson aql-u zakovatining 


287
mahsuli — buyuk kashfiyotlar sizga o‘xshagan johillar tufayli barbod 
bo‘lgan! Siz taraqqiyotning dushmanisiz! (Butun  dunyo,  jahondan 
norozi bo‘lib ketadi.)
(Sukut. Qo‘chqor nima qilarini bilmay, o‘rtada turib qoladi. 
Keyin asta-sekin yurib, sahna oldiga keladi.)
qo‘chqor:  —  (Tomoshabin  uzra  uzoq-uzoqlarga  tikilganicha.) 
Tavba... Alomatni men o‘ldirgan emishman, unga biron-bir ortiqcha 
yumush buyurganim yo‘q, o‘lib ketay agar.  Xo‘sh, nima  ish qilipti! 
Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan qolib, beshik 
quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, 
ming bor sog‘aygani ham yo‘q. (Hayron.) Bitta o‘zbek ayoli nima ish 
qilsa, shuning yarmini qildi, xolos...
(Kattakon tog‘orani arang ko‘tarib Qumri chiqadi.)
qumri: — G‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir qilib kim bilan gaplashyapsiz, dada-
si?
qo‘chqor:  —  (Tomoshabin  tomonga  qaraganicha,  o‘ta  jiddiy.) 
Menmi? Xudo bilan gaplashyapman.
qumri: — (Erining bu gapini hazil tushunib.) Rostdan-a? Xo‘sh, 
Xudo sizga nima dedi?
qo‘chqor:  —  (Tomog‘iga  allanarsa  kelib  tiqilganday,  yutinib 
olib.) Ey, esi yo‘q bandam, dedi, shukronalar keltirki, xotiningni odam 
qilib yaratganman, yo‘qsa u allaqachon zapchast bo‘lib ketardi, dedi...
(Qumri bu gapga kulib qo‘ya  qoladi,  so‘ng odatdagiday uy yu-
mushlariga  sho‘ng‘ib  ketadi.  U  to  parda  yopilgunga  qadar  u-bu  ish 
bilan  band  bo‘ladi.  Qo‘chqor  xayolga  botganicha  o‘sha  ko‘yi  to-
moshabinga  tikilib  turaveradi.  Qayerdandir,  boshqa  hovlidan  bo‘lsa 
kerak,  bizga  tanish  o‘sha  baxtu  iqbol  haqidagi  qo‘shiq  eshitiladi: 
„Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suray-
lik. Iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik...“)

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish