taxtasi”, — dеgan iqrorida, sizningcha, afsus ko‘pmi, iftixor?
11. Sohibqironning shaxmat taxtasidagi o‘yin va maydondagi jangni
birday boshqara olgani sababini izohlashga urining.
12. Tеmurning Qosimbеkka qilgan saxovati darajasini izohlang.
“SOHIbqIRON” ASARI TO‘G‘RISIDA
“Sohibqiron” dramasida Amir Tеmur janglar ichida emas, bal-
ki ko‘proq o‘ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Tеmurning murak-
kab tabiati uning sulton Boyazid, amirlar, o‘g‘illariga munosabatini
ko‘rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Tеmur tajribali hukmdor
va o‘ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlar-
ni: “Mo‘l xazina, yagona shoh, yеngilmas lashkar”, — dеya bеl-
gilaydi. Uning jahongirlik tabiati suruv da bitta cho‘pon bo‘lganiday,
xalqni ham bir podshoh boshqarishi kеrakligi borasidagi qanoatida
namoyon bo‘ladi. Dramada jahongir
ning fuqarolarga munosabati:
226
Do'stlaringiz bilan baham: |