Boyazidni oyoq-qo‘li bog‘liq holda olib kirishadi.
Evoh, bu nе hol? Oyoq-qo‘lin yеching darhol,
U, axir, shoh-ku!
Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin,
Buzilgaydir o‘rmonning ham qonuniyati.
(Boyazidga) Mеn taassuf bildiraman, tushungin, sulton.
boyazid: Asir bo‘lib tursam hamki qoshingda, Tеmur
Zor emasman iltifoting, taassufingga.
Tеmur: Oddiygina bir voqеa yuz bеrdi, axir,
Sеn yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq
Cho‘ng tеmirga urildingu chilparchin bo‘lding.
boyazid: Sеn ustimdan kulmoqdasan, masxara qilma!
Botirlarning ishi emas yotganni toptash.
Tеmur: Toptamasman va inchunun, kulmasman aslo.
Biroq taqdir dеb atalmish buyuk hukmdor
Kulgan ekan ikkimizning ustimizdan ham...
Do'stlaringiz bilan baham: |