Sharofat: — (Devor osha mo‘ralab) Bozorvoy akam ikki qopgi-
na baqlajon olib, bozorga ketuvdilar. Nima edi?
qo‘chqor: — (O‘sha ko‘yi yig‘lab.) Zerikib ketdim… Kartasini
olib chiqsa, bir-ikki qo‘l „durrak“ o‘ynardik…
Sharofat: — Ha-a… Mayli, kelsalar, aytib qo‘yaman.
(Qo‘chqor hamon g‘ingshib yig‘laydi, shu ko‘yi yig‘laganicha
Alomatga boshqa mikrosxema o‘rnatadi.)
Alomat: — (Kuylab) „Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz
porloq ekan, davron suraylik“. (To‘xtovsiz aytaveradi)
(Qo‘chqor ancha vaqt hovlida bemaqsad sang‘ib yuradi. Asta-
sekin, o‘zi ham sezmagan holda, uning yig‘isi Alomatning „ Davron
suraylik“ ashulasi bilan uyg‘unlashib ketadi.)
Parda
281
Do'stlaringiz bilan baham: |