Malika xonasi. Malika va Poloniy kiradilar.
Poloniy: U siz tomon kelayotir. Ogohlantiring:
O‘zni tiyib, qilmishlarga xotima bersin.
Ayting, qalqon bo‘lib, uni joiz jazodan Olib qolganingizni. Men burchakda turgum.
Ha, siquvga oling uni.
Malika: Siz cho‘chimang va bemalol menga ishoning,
U kelmoqda magar.
Tezroq bekinib oling.
Poloniy o‘zini devorga osig‘liq gilam orqasiga oladi. Hamlet kiradi.
Hamlet. Xo‘sh, onajon, menga nechuk xizmatingiz bor?
Malika: Sen otangni nega tahqir etasan, Hamlet?
Hamlet: Siz otamni nega tahqir etdingiz, onam?
Malika: Sen men bilan bir avomdek gaplashmoqdasan?
Hamlet:
Malika:
Hamlet:
Malika:
Hamlet:
Malika:
Hamlet:
Malika:
Poloniy:
Hamlet:
Poloniy:
Malika:
Hamlet:
Malika:
Hamlet:
Malika:
Hamlet:
Siz-chi, savol bermoqdasiz munofiqona.
Bu nimasi, Hamlet?
Ayting, sizga ne darkor?
Eslaysanmi, kimman?
Xudo haqqi, eslayman.
Malikasiz, o‘z erining ukasiga yor,
Nadomatlar bo‘lsin, menga onasiz yana.
Bas, boshqalar gapirishsin endi sen bilan. Qimirlamang. O‘tiring. Men sizni qo‘ymasman. Onajon, deb yuzingizga tutarman ko‘zgu.
Nima qilmoqchisan! Meni o‘ldirmoqchi u!
Hoy, yordam beringlar! Yordam!
(Gilam orqasidan) Yordam beringlar!
(Qilichini yalang‘ochlab) Bu nimasi? Kalamushmi? O‘lganing afzal!
(Gilamga qilich tiqadi.)
(Gilam ortidan) Oh, o ldim!
(Yiqilib o‘ladi.)
Voy, Xudoyim-ey! Ne qilib qo‘yding!
Kimligini bilmadim men: qirolmidi u?
Bir mislsiz qabohatdir hozir qilganing!
Bu - qirolni makr ila o‘ldirishdan va Qayni bilan topishishdan ortiqmas, xonim.
A, qirolni o‘ldirishdan?
Ha, xonim, shundoq.
(Gilamni yulqib, Poloniyga ko‘zi tushadi.)
Alvido, ey chopqillagan, telba, jonsarak!
Seni adashtiribman-ku - mana nadomat. Ko‘ryapsan, hovliqishning oxiri yomon.
Siz o‘ltiring. Qayg‘u chekib, qaqshamang muncha. Zero, qaqshatarman hali yuragingizni.
Malika:
Hamlet:
Xo‘sh, men nima qilibmanki,
Sen menga bu qadar Qo‘rs va qo‘pol gapirasan?
Qilmishlaringiz
Axloq, uyat, diyonatni yerga uradi,
Haqiqatni sharmanda-yu sharmisor aylab, Ma’sum muhabbatning oppoq peshonasiga Toshma bo‘lib toshadi-yu, shundoq turadi.
Va muqaddas nikoh ahdi paymonlarini Qimorbozning savdosiga aylantiradi.
Siz shundoq bir kirdikorlar etdingizki, to Bekor bo‘lib qoldi butkul va’da-yu vafo.
Malika: Shuncha daromaddan keyin, mumkinmi bilsak, Gapning asl indallosi nimadir beshak?
Hamlet: Mana, sizga ikki suvrat: mana va mana.
Qo‘sh suvratda turar og‘a-ini siymosi.
Qarang, qancha jozibalar jamdir birida.
Zevs manglayidek xuddi manglayi ochiq.
Sochi Appolonning barra sochidek quyuq. Marsning nazaridek uning nigohi mag‘rur. Turishida bulut osha tuproqqa tushgan Elchi Merkuriyning so‘nmas salobati bor.
Bu - birinchi eringizdir. Mana bu esa - Ikkinchisi. Kasal tekkan boshoqqa o‘xshar - Toza boshoq yonida. Hoy, ko‘zingiz qayda? Sevgi demang. Sizning yoshda bo‘ron bilanmas, Kalla bilan yashagaylar. Aytingiz o‘sha - Tafovutni taniydigan kalla qayoqda?
Bas, qaysi bir iblis sizni kuppa-kunduzi Yo‘ldan ozdirdi-yu, shundoq ko‘ylarga soldi? Ko‘zlari ko‘r, quloqlari kar bo‘lganda ham Shuuriga bir ozgina suyangan odam Bundoq adashmasdi, bo‘yla qo‘ymasdi qadam. Malika: Hamlet, rahm qil!
Har bir so‘zing menga xuddi xanjar tig‘idir, Qulog‘imni teshayotir...
Hamlet: Yana kim bilan -
Qotil bilan, hayvon bilan, bir murtad bilan. Padarimning tirnog‘iga arzimaydigan
Qirol kiyimini kiygan qo‘g‘irchoq bilan, Saltanatga chovut solgan qaroqchi bilan. Tojni tokchada ko‘riboq, qo‘ltiqqa urgan,
Uni etak ostida so‘ng o‘g‘irlab chiqqan - O‘g‘ri bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |