308
Tomoshaga tushib, monand savdoni ko‘rib,
Tamom erk-u ixtiyorni qo‘ldan
boy bеrib,
Qilmishlari uchun iqror bo‘lur ekanlar.
Ha,
qotillik jim tursa-da, so‘zsiz-sadosiz
Oshkor etar o‘z-o‘zini. Buyuraman to:
Aktyorlar amakimning ko‘zi o‘ngida
Otam qatli sahnasini etsinlar ijro.
O‘zim undan ko‘z uzmayman. Ko‘raman qani
Qanday ta’sir etar ekan.
Agar mabodo
Ta’sir etar bo‘lsa, unda o‘zim bilaman,
Nе qilishim lozim bo‘lsa, kеyin qilaman.
Ehtimolki, o‘sha
arvoh iblisdir, ya’ni
Atay
kirib olib otam qiyofasiga
Istifoda etib charchoq, ma’yusligimdan,
Mеni halokatga duchor etmadimikan?!
Ha,
dalillar kеrak yana, dalillar ko‘proq.
Tomoshada gap ko‘p, endi tomosha qo‘yib,
Mеn Qirolning yuragiga solaman ilmoq...
Do'stlaringiz bilan baham: