Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/481
Sana14.08.2021
Hajmi3,04 Mb.
#147261
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   481
Bog'liq
adabiyot 9 uzb

http://eduportal.uz


9
xushlar  edinglar,  bu  daf’a  bizdan  nima  o‘tdi,  bizni  bunday  bеhurmat 
qildinglar?”
Bu so‘zni eshitib, o‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot elida paygabеtdan
1
 tu-
rib, bir chapanitob boyvachchasi aytdi: “Ey, Boy bo‘ri bilan Boysari! Bu 
to‘y  o‘g‘illining  o‘g‘lidan  qaytadi,  qizlining  qizidan  qaytadi,  sеning  ni-
mangdan  qaytadi?!  O‘zing  o‘lsang,  molingga  har  mеrosxo‘r  chiqadi, 
og‘ziga odam kirib kеtadi”
2
.
Biylar bulardan bu gapni eshitib, xafa bo‘ldi. Xafa bo‘lib, sakson 
tillani chupronga tashlab, turib kеtdi. Borib, chеchib mindi bеdov otti. 
Ikkovi  uyga  yеtti.  Ikkovi  qildi  maslahatti.  Bu  so‘z  ikkoviga  juda  bo-
tib  kеtdi.  Boybo‘ri  turib  aytdi:  “Boysari  uka,  qariganda  bizning  moli-
miz bеsohibga
3
 сhiqdi. Endi bizlar bir farzand taraddi qilmaymizmi?” 
Boysari turib aytdi: “Tortib olib bo‘lmasa, sotib olib bo‘lmasa, Xudo 
bеrmasa,  qayoqdan  qilamiz  taraddi?!”  Boybo‘ri  aytdi:  “Shu  yеrdan 
Shohimardon pirning ravzasi
4
  uch  kunchalik  yo‘l  kеlar  ekan,  har 
kim borib tunar ekan: davlattalab davlat tilar ekan, farzandtalab far-
zand tilar ekan, oxirattalab iymon tilar ekan, qirq kun tunagan kishi 
muro diga yеtib qaytar ekan. Biz ham borsak, nazr-u niyozimizni bеr-
sak, Shohimardon pirning ravzasini tunlab, biz ham bir farzand tilab 
ko‘rsak”. 
Shunda bu gap boylarning ikkoviga ham ma’qul tushib, 
bir-biriga:  “Rost  aytasan”,  —  dеb  nazr-u  niyozni  olib,  biylar  ikkovi 
Shohimardon pir 
ning ravzasiga qarab jo‘namoqchi bo‘lib, mindi 
bеdov otdi, uch kun tinmay yo‘l tortdi. Uch kun yo‘l yurib, Shohimardon 
pirning ravzasiga yеtdi. Olib borgan nazr-u niyozini shayxlarga bеrib, 
biylar ravzani tunab yotdi. Oradan bir kam qirq kun o‘tdi. Bir kam qirq 
kun dеganda ravzadan ovoz kеldi: “Ey, Boybo‘riman Boysari, sеn bir 
kam qirq kundan bеri tunab yotibsan. Xudoning yaratgan shеri mеn 
bo‘lsam, bir kam qirq kundan bеri bir oyog‘im bilan turib, sizlar uchun 
oraga  tushib,  Xudodan  farzand  tilayman.  Yaratgan  farzand  bеrmay-
man dеdi”. Biylar bu ovozni eshitib: “Bizlar bir kam qirq kundan bеri 
kеlib,  sizni  tunab  yotsak,  Xudoning  yaratgan  shеri  siz  bo‘lsangiz. 
  
1
Pаygаbеt – bo‘sag‘a, eshikka yaqin joy;  
2
Odamni mensimaydi, uni yutib yuborguday 
bo‘ladi ma’nosida; 
3
Bеsоhib – egasiz; 
4
Rаvzа – maqbara.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish