17
Savol va topshiriqlar:
1. Aka-uka biylarning to‘yda izza qilinishi sababini izohlang.
Izza bo‘lgan biylar qanday holatga tushdilar?
2. Zakot voqеasi tasviriga tayanib, Boybo‘ri bilan Boysari munosabat-
larini izohlang. Bu aka-ukalarning xaraktеri va ichki dunyosini
qanday baholaysiz?
3. Boysarining zakotni noto‘g‘ri tushunishi sababini sharhlang.
4. Yartiboy obrazi sizda qanday taassurot qoldirdi?
5. Doston tasviriga tayanib, eliboy qo‘ng‘irotlarning boyligi haqida
qanday tasavvurga ega bo‘ldingiz?
6. O‘z yurtidan Qalmoqqa ko‘chib borayotgan Barchin, umuman,
barcha eliboylarning kayfiyati, kеchinmalariga diqqat qiling.
7. Doston avvalida berilgan Dobonbiyning avlod shajarasini qaytib
o‘qing, uni chizma shaklida ifodalang. Kattalar ko‘magida o‘zingiz
mansub bo‘lgan ajdodlaringiz shajarasini tuzishga harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: