321
Qirol kiyimini kiygan qo‘g‘irchoq bilan,
Saltanatga chovut solgan qaroqchi bilan.
Tojni tokchada ko‘riboq, qo‘ltiqqa urgan,
Uni etak ostida so‘ng o‘g‘irlab chiqqan –
O‘g‘ri bilan.
Malika: Ayasang-chi!
Hamlet: Bir olchoq bilan!
Arvoh kiradi.
Mеnga panoh bo‘ling osmon farishtalari!
Oliy
hazratlari, ayting, sizga nе darkor?
Malika: Evoh, uning tutqanog‘i tutdi!
Hamlet:
Ehtimol, koyigani kеlgandirsiz yalqov o‘g‘ilni,
Kunlar o‘tib borar, qo‘rqinch farmoningizni
U orqaga surib, hamon aylamas bajo?
O, gapiring!
Arvoh:
Maqsad –
sеning miltirab turgan
Azm-u qaroringni yana yoqishdir, illo.
Ammo hozir onangga boq! U xuddi qoqshol.
Uni xalos ayla bundoq qo‘rquv-vahmdan.
Ojiz ruhlar bo‘lur qo‘rquv-vahm qurboni.
Unga biror narsa dеgil.
Do'stlaringiz bilan baham: