Qozog’iston respublikasining aholisi va mehnat resurslari Reja



Download 16,03 Kb.
Sana09.09.2017
Hajmi16,03 Kb.
#20725

Aim.uz

Qozog’iston respublikasining aholisi va mehnat resurslari

Reja:

  1. Mamlakat aholisining umumiy soni va zichligi

  2. Aholining milliy tarkibi

  3. Shahar va qishloq aholisi

  4. Mamlakatda mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari

Tayanch iboralar: Aholining soni va zichligi, qishloq aholi manzilgohlari, shahar aholisi, tabiiy ko`payish, aholi migratsiyasi, aholining milliy tarkibi, mehnat resurslari.

Moddiy ishlash chiqarishning asosini aholi tashkil qiladi. Aholi nafaqat moddiy boyligni yaratibgina qolmasdan balki uni iste’mol qiladi ham. Shu sababli Respublika hududida aholihihg joylashishi bilan uzviy ravishda bog’liqdir. Chunki aholi ko’p joylashgan rayonlarda qo’l mehnati ko’proq talab qilinadigan sanoat tarmoqlari, aholi siyrak joylashgan joylarda esa qo’l mehnati kam talab qilinadigan sanoat tarmoqlari tarkib topadi.



Aholi soni va zichligi. Qozog’iston aholisi o’sib bormoqda.Respublika aholisi 1979-1989-yilgi aholi ro’yxatlari oralig’ida 2 mln kishiga ko’paydi va u 15,3 mln kishini tashkil qiladi.Aholining bunday tez o’sishi eng avvalo tabiiy o’sishi ya’ni tug’ilishning kattaligi bilan bog’liq hisoblanadi.Respublikada aholining o’sishi har 1000 kishiga 18 kishini tashkil qiladi.Shu bilan birgalikda Respublika aholisining o’sishida mexanik o’sishninmg roli ham kattadir.Ahniqsa Respublikada 50-60 yillarda qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilishi natijasida sobiq SSSR ning boshqa Respublikalaridan bu yerga ko’plab aholi ko’chib kela boshladi.

Aholi o’sishining kattaligiga qaramasdan, Respublikada aholi zichligi kam va u 1km kvga 6 kishini tashkil qiladi.Shu bilan birgalikda Respublika hududining ayrim rayonlarida ancha zich joylashgan. Keyingi yillarda aholining tabiiy ko`payishi ancha sekinlashdi.



Qishloq aholi manzilgohlari va ularning joylanishi.

Respublikaning tabiiy ,tarixiy va iqtisodiy sharoitiga ko’ra uning tuirli qismlarida qishloq aholisi tirlicha hisoblanadi.

Qozog’istonning dehqonchilik qiladigan o’rmon-dasht va dasht zonalari hamda Respublikaning janubi-sharqidagi tog’ oldi nohiyalarida aholi asosan katta qishloqlarda joylashgan. Respublikaning shimolida bunday qishloqlar asosan daryo vodiylari, ko’l yoqalarida joylashgan bo’lsa,janubda sug’orma dehqonchilik rayonlarida-kanal yoqalari yoki soylarda joylashgan.Oltoyda bunday qishloqlar asosiy daryoga o’z suvini quyuvchi irmoqlarda joylashgan. Shu sababli Oltoydagi qishloqlar nomiga “ust” so’zi qo’shib ishlatiladi.Bularga Ust-Kaminagorsk Ust-Buxtarma kabilar misol bo’la oladi.

Markaziy va G’arbiy Qozog’istoning chala cho’l zonasida aholi asosan har xil joyda joylashgan qishloqlarda istiqomat qiladi.bunday qishloqlar asosan quduq ko’l yoqalari yoki uncha katta bo’lmagan daryo vodiylarida joylashgan.Respublikanign janubi-sharqida baland tog’ mintaqasidagi aholi manzillardan iborat bo’lib, bu yerda yozda cho’ponlar, asalarichilar, yog’och kesuvchilar yashaydigan alohida uylardan hisoblanadi. Katta ko’l va dengiz yoqalarida baliq ovlash bilan shug’ullanuvchi aholi yashaydigan katta-katta pasyolka (manzilgoj)lar xarakterlidir.



Shahar aholisi.Respublikada shahar aholisining salmog’i 1917 -yildagi 9 % dan 57% ga ortdi.Bu shuni ko’rsatadiki, Qozog’iston Respublikasi aholisining ko’pchilik qismi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishdan boshqa bo’lgan tarmoqlarda ishlaydi. Shahar aholisining salmog’i har qanday davlatning industirlashganligini ko’rsatuvchi belgi hisoblanadi.

Respublikada shahar aholisining o’sishi asosan yangi shaharlar va shahar tipidagi manzilgohlarning qazilma boyliklarni qazib olish,temir yo’llarni qurish joylarda tarkib topish hisobiga yuz bergan. Respublikada tarkib topgan yangi shaharlarga Temirtov, Qarag’anda, Balxash, Takeli, Kentay, Xromtay, Rudniy, Qoratau, Ekibastuz, Aksu (Ermak), Atay, Noviy, Uzen va boshqalar misol bo’la oladi.Urush va urushdan keyingi yillardagi o'tkazilgan aholi ro'yxati shuni ko'rsatadiki,bu davrlarda Qozog'istondagi eski shaharlarda ham aholi soni ancha ko'paygan. Ushbu davrda Almati, Ust-Kominagorsk,Ostona shaharlarining aholisi o'n martalab o'sdi.Shimkent, Jambil, Petropavlovsk, Semipalatinsk, Uralsk, Atrau shaharlarining aholisi bir necha barobar ko'paydi.Shaharlar ichida Olma-ota, Qarag'anda shaharlari katta shaharlarga aylandi. Respublikada katta shaharlar atrofida yo'ldosh shaharlar rivojlanib, shahar aglomeratsiyalari tarkib topdi.



Aholining milliy tarkibi va mehnat resurslari Qozog'iston ko'p millatli Respublika hisoblanadi.Bu yerda o'ndan ortiq millat vakillari bir-biri bilan ahil,bir oiladek yashaydi. Qozog'iston aholisi 1950-1960-yillarda quruq va bo'z yerlarni o'zlashtirilishi evaziga asosan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiyadan ko'chib kelgan aholi hisobiga ko'paydi. Shu sababli Respublika aholisi milliy tarkibida boshqa millat vakillarining salmog'i ancha katta. 1989-yilgi aholi ro'yxatiga ko'ra Respublika aholisining 39,5 % ini qazoqlar, 37,7 % ini ruslar, 5,85 ini ukrainlar tashkil qiladi. Bundan tashqari Respublikada tatarlar, nemislar, o'zbeklar, uyg'urlar, koreyslar, dunganlar ham yashaydi.

Respublikadagi yashayotgan har bir millatga mansub xalqlar o'zining ma'lum bir mehnat malakasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Masalan,qozoqlar azaldan chorvachilikni rivojlantirish uchun usta, uyg'urlar, dunganlar, koreyslar poliz ekinlarini yetishtirishda usta bo'lsa, ruslar va ukrainlar boshoqli don ekinlarini yetishtirishga ustadir.



Respublika umumiy aholisining 9,5 mlnni yoki 55% dan ko'prog'i mehnatga yaroqli hisoblanadi. Mehnatga yaroqli aholining asosiy qismi sanoat, qishloq xo'jaligi, transport va qurilishda band. Ushbu tarmoqlarida mehnatga yaroqli aholining 75% izi band hisoblanadi. Mehnatga yaroqli aholining qolgan 25% izi nomoddiy tarmoqlarda ya'ni sog'liqni saqlash,maorif, savdo va ma'muriy tashkilotlarda ishlaydai. Mehnatga yaroqli aholining salmog'i Respublikaning shimoliy viloyatlarida uning janubiy viloyatlarida nisbatan katta hisoblanadi.
Download 16,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish