Qo‘yochilik fermalarida jun qirqish va junga birlamchi ishlov berishni mexanizasiyalash Reja: Jun qirqish, unga qo‘yiladigan asosiy zootexnik talablar, jun qirqish usullari


Jun qirqish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlatish qoidalari



Download 394,58 Kb.
bet2/6
Sana02.04.2022
Hajmi394,58 Kb.
#524412
1   2   3   4   5   6
2. Jun qirqish mashinalarining turlari, tuzilishi va ishlatish qoidalari.
Jun qirqish mashinkalari. Jun qirqish mashinkalari qishloq xo‘jalik hayvonlarining junini qirqish uchun ishlatiladi va tuzilishi jihatdan ikki turga bo‘linadi. Egiluvchan val orqali harakat oladigan MSO-77B va yuqori chastotali elektr dvigateli o‘rnatilgan MSU-200 rusumli mashinkalari.
MSO-77B mashinkasi (3.8.1-rasm). Mashinka qirqish apparati, qisuvchi, eksentrik, sharnirli mexanizm, egiluvchan val va korpusdan iborat. Mashinkaning massasi 1,1 kg, qirqish apparatning qamrash kengligi - eni 76,8 mm, pichoqning qo‘sh yurishlari soni minutiga 2300 marta. Qirqish apparati junni qirqish uchun xizmat qiladi va u taroq va pichoqdan iborat. Ular legirlangan po‘latdan tayyorlangan va jilvirlangan sirtlarga ega. Qisish mexanizmi pichoq bilan taroqlarning ish tekisliklari orasini rostlash uchun xizmat qiladi.
Uning bir uchi mashinaning korpusiga o‘rnatilgan shtutser ikkinchi uchiga qisish gaykasi orqali richakga ta’sir etadi. Panjalar pichoqqa bosim berib, uning taroqqa siqilishini ta’minlaydi.
Sterjen qisish gaykasi bo‘shagan vaqtda tushib ketmasligi uchun uning kallagiga richagga vint bilan mahkamlangan prujina o‘rnatiladi. Ekssenrikli mexanizm valikning aylanma harakatini pichoqning ilgarlama-qaytma harakatiga o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Valikga barmoqli eksentrik burab kiritiladi. Barmoqqa rolik kiritiladi. Valik aylanganda richag o‘yig‘ida joylashgan rolik o‘yiq bo‘ylab siljiydi.
Sharnirli mexanizm ish vaqtida jun qirqish apparatini boshqarishni engillashtiradi va uning istalgan holatda egiluvchan valdan harakat uzatishiga imkon beradi. SHarnirli mexanizm tashqi va ichki kojuxlar, kojuxlar ajralishidan saqlaydigan sharnir qulfi, uzatish valigi, tishlar soni 12 ta bo‘lgan ikkita shestrnyadan iborat. Shestrnyalarga jun tushishdan saqlash uchun sharnirli mexanizm himoya kojuxi bilan jihozlangan. Korpusga mashinkaning barcha mexanizmlari mahkamlanadi va bir vaqtning o‘zida dasta bo‘lib xizmat qiladi.



3.8.1-rasm. MSO-77B jun qirqish mashinkasi:
1-taroq; 2-pichoq; 3-qisuvchi lapka; 4-tayanch sterjeni; 5-korpus; 6-qisuvchi gayka; 7-qisuvchi patron; 8-rolik; 9-ekssentrik; 10-korpus; 11-uzatish vali; 12-harakatlantiruvchi shesternya; 13-harakatlanuvchi shesternya;
14-ekssentrik vali; 15-richag; 16- vtulka.



MSU-200 markali yuqori chastotali jun qirqish mashinkasi. Jun qirqish mashinkasi, qirqish qismi, elektr dvigateli va ta’minlash shnuridan iborat. Jun kirqish qismi, qirqish apparati korpusi, qisish mexanizmi MSO-77B mashinkasining mos holdagi qismlariga o‘xshash. Mashinkaning qiska tutashgan rotorli uch fazali asinxron elektr dvigateli silindrik shakldagi korpusga joylashtirilgan. Elektr dvigateli rotorining orqa valigi shtift bilan mahkamlangan va ikki parrakli ventilyator o‘rnatilgan.
Quvvati 0,13 kVt, kuchlanish 36 V, rotorning aylanish chastotasi 11 ayl/min. Mashinkaning massasi 1,5 kg, pichoqning minutiga qo‘sh yurishlar soni 2200. Ta’minlash shnurning uzunligi 2,5 m va elektr tokining chastotasini o‘zgartirgichdan PNV-30 rusumli magnitli yurgizgich orqali mashinkaning elektr dvigatelini elektr toki bilan ta’minlash uchun hizmat qiladi. MSU-200 jun qirqish mashinkasi MSO-77B mashinkasiga qaraganda bir qator afzalliklarga ega: egiluvchan val vujudga keltiradigan reaktiv moment bo‘lmaydi; elektr dvigateli pasaytirilgan kuchlanish (36 V) bilan ishlaydi va ish unumdorligi 20-30% yuqori. Mashinkalarning texnik tavsifnomalari 3.8.1-jadvalida ko‘rsatilgan.

3.8.2-rasm. MSU-200 jun qirqish mashinkasi:
1-korpus; 2-elektr dvigateli; 3, 5-val; 4-parrak; 6-taroq; 7-pichoq.


Download 394,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish