Qovurish uchun asosan tarkibida turg'un bo'lmagan protopektin va yetarli darajada suyuqligi bo'lgan xom sabzavotlar, ba'zi hollarda awal pishirilganlari ham ishlatiladi



Download 15,22 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi15,22 Kb.
#345496
Bog'liq
Kartoshka sabzavotlar


Qovurish uchun asosan tarkibida turg'un bo'lmagan protopektin va yetarli darajada suyuqligi bo'lgan xom sabzavotlar, ba'zi hollarda awal pishirilganlari ham ishlatiladi. Bunday sabzavotlarga kartoshka, qovoq, qovoqcha, pomidor va boshqalar kiradi. Sabzavotlar tarkibidagi protopektin turg'un bo'lsa, ular awal dimlab yoki qaynatib pishiriladi yoki mayda to'g'ralib, so'ng qovuriladi. Bunday sabzavotlarga sabzi, qizilcha, karam kiradi. Qovurish jarayonida sabzavotlar o'z tarkibidagi suyuqligini malum darajada yo'qotadi, yuzida qovurilgan qobiq hosil bo'ladi, o'ziga xos hid va mazaga ega bo'ladi.
Sabzavotlar ko'p yog'da yoki asosiy usulda qovuriladi. Qovurishdan awal sabzavotlar to'g'raladi. Qovoqcha, qovoq, pomidor, baqlajon tegishli shaklda kesilgandan so'ng unga belab qovuriladi. Asosiy usulda qovurish uchun har xil yog' ishlatilishi mumkin. Bunda tovaga yog' solinib 140—150°C darajada qizdiriladi va tayyorlangan sabzavot ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi. So'ng qovurish shkafida iste'molga tayyor holga kelguncha ushlanadi.
Ko'p yog'da kartoshka, piyoz, petrushka ko'kati va boshqalar qovuriladi. Buning uchun sabzavotlarning suvi g'alvirda silqitilib, sochiqqa yoyib qo'yib quritiladi, chunki qizigan yog'ga solingan sabzavot tarkibidagi suv yog'ni sachratib yuborishi mumkin. Ko'p yog'da qovurish uchun aralash (omuxta) yog'larni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda 50% o'simlik va 50% hayvon yoki 70% hayvon va 30% o'simlik yoki pazandachilikyog'i ishlatiladi. Sariyog' va margarin ishlatilmaydi, chunki ular past issiq sharoitida tutaydi, yuqori darajadagi issiqlik ta'sirida kuyuvchi oqsil moddalari mahsulot hamda yog' tarkibini qoraytirib, ularning sifatini buzadi. Sabzavotlar maxsus apparatlarda (frityurnitsa) yoki qalin, chuqur tovalarda maxsus metall setka yordamida qovuriladi. Yog' miqdori mahsulotga nisbatan 4 barobardan ortiq bo'hshi hamda idish yarmini egallashi kerak. Chunki 170— 180°C gacha qizdirilgan yog'ning mahsulot solinganda ko'pirishini nazarda tutish lozim. Mahsulot 2—8 minut davomida qovuriladi. Qovurilgan sabzavotlar taom sifatida tarqatiladi yoki garnir sifatida ishlatiladi. Qovurilgan kartoshka. Qovurilgan kartoshka xom yoki pishirilgan kartoshkadan tayorlanadi. Ishlovdan o'tib to'rtburchakli uzun, pallacha, kubik, tilim-tiUm shaklida to'g'ralgan xom kartoshka bir-biri bilan yopishib qolmashgi uchun sovuq suvda yuvilib, suvi silqitilib, biroz quritiladi va tovada qizib turgan yog'ga solinadi, vaqti-vaqti bilan aralashtirib, iste'molga tayyor bo'lishdan awal tuz solib, qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha qovuriladi. Agar plita ustida qovurilganda biroz xom bo'lsa, qovurish shkafiga qo'yib, iste'molga tayyor holga keltiriladi. Qovurish jarayonida kartoshkaning qalinligi 4—5 sm ni tashkil etishi kerak.
Saralab yuvilgan kartoshka po'sti bilan pishirilib, sovitiladi, po'sti tozalanib, tilim—tilim yoki parrak—parrak shaklida kesilib, qizib turgan tovadagi yog'ga yupqa yoyilgan holda tuz solinib, qovuriladi. Tarqatishda likobchaga suzilib, ustidan o'z qovurilgan yog'i yoki sariyog' quyib, qo'shimcha garnir (yangi, tuzlangan yoki konservalangan bodring, pomidor yoki yangi sho'r karam salatlari) hamda ko'kat bilan bezab beriladi.
Qovurilgan kartoshka piyoz bilan ham berilishi mumkin. Bunda jazlangan piyoz tarqatishdan awal tayyor kartoshka bilan aralashtiriladi. Ko'p yog'da qovurilgan kartoshka. Ishlovdan o'tgan kartoshka oddiy, (somoncha, kubik, palladia, to'rtburchakli, uzun, tilim-tilim, parrak-parrak), shar,qirindi shaklida to'g'ralib, yuvib, suvi silqitilib, quritiladi. Tovada 170—180°C gacha qizdirilgan yog'ga tayyorlangan kartoshka solinib, qizg'ish qobiqli yumshoq holga kelguncha qovuriladi. Qovurish vaqti kartoshkaning kesilgan shakliga bogiiq. Qovurilgan kartoshka yog'dan suzilib, yog'i silqitilib, mayda tuz sepib, aralashtiriladi. Kartoshkani qovurishdan awal tuzlash mumkin emas, chunki tuz kartoshka tarkibidagi suyuqlikni siqib chiqarib, qovurayotganda yog'ni ko'pirtirib yuboradi. Somoncha shaklida kesib ko'p yog'da qovurilgan kartoshka pay deyiladi. Qolgan shaklda kesib qovurilgan kartoshka fri deyiladi. Ularni alohida taom yoki taomlarga garnir sifatida ham ishlatish mumkin.
Tarqatishda kartoshka likobchaga suzilib, ko'kat bilan bezatib beriladi. Ko'p yog'da qovurilgan piyoz. Piyoz halqa shaklida to'g'raladi. Unga belanib. 180°C gacha qizdirilgan yog'ga solinadi, 3—5 minut davomida qizg'ish qobiq hosr bo'lguncha qovurilib, chovlida suzib olinadi, yog'i silqitiladi, lekin tuzlanmaydi Bifshteks uchun garnir va boshqa taomlar uchun ishlatiladi. Ko'p yog'da qovurilgan petrushka ko'kati. Saralangan petrushka ko'kati band bilan yuvilib, suvi silqitiladi, biroz quritib, yog'da 1—2 minut davomida qovuriladi So'ng chovlida suzib olinib, yog'i silqitiladi. Taomlarga garnir sifatida ishlatiladi Xamirgabotirib qovurilganbaliq, yog'da qovurilganbaliq taomlariga ziravor sifatid; ishlatiladi. Qovurilgan qovoqcha bilan pishirilgan kartoshka. Qovoqchaning po'sti, urug' tozalanadi. Qalinligi 0,5—1 sm qilib parrak-parrak shaklda kesiladi. So'ng tovad; qizib turgan yog'ga solib ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi. Yog'i silqitilib qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi.
Tarqatishda likobchaga qovurilgan qovoqcha yoniga pishirilgan kartoshka qo'yilih bir chetiga smetana, sut sardagi, smetana sardagi yoki tomatli smetana sardagida: solib, ko'kat qo'shib beriladi. Qovurilgan qovoqchani kartoshkasiz ham tarqatisi mumkin, bunda qovoqcha miqdori ko'proq olinadi. Agar qovoqcha garnir sifatid ishlatilsa, tilim-tilim yoki kubik shaklida to'g'ralishi lozim. Qovoq, baqlajon, pomidorlarni asosiy usulda qovurish. Qovoq po'sti, urug'ida tozalanib, tilim-tilim yoki kubik shaklida to'g'raladi. Ishlovdan o'tgan baqlajo parrak-parrak yoki tilim-tilim shaklida to'g'ralib, tuz sepib 10—15 minut us yopib qo'yiJadi. To'g'rab tayyorlangan qovoq yoki baqlajon tuzli unga belanit tovada qizib turgan yog'ga solinib, ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovurilganda so'ng qovurish shkafiga qo'yib iste'molga tayyor holga keltiriladi.
Qattiq pomidor ko'ndalangiga ikkiga bo'lingan, parrak-parrak kesilgan yoki tilim-tilim shaklida kesib tayyorlanadi. Agar pomidor terisi qalin bo'lsa, qaynab turgan suvga botirib, terisi shilib olinadi. Tayyorlangan pomidorga tuz, murch qo'shib, unga belab, qizib turgan yog'da ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi. Alohida taom yoki taomga garnir sifatida tarqatiladi. Tarqatishda likobchaga suzib, ustiga smetana yoki tomatli smetana solib ko'kat qo'shib beriladi.
Sabzi kotleti. Sabzi mayda somoncha shaklida to'g'raladi yoki sabzavot kesuvchi mashinadan o'tkaziladi va chuqur idishga solinib, ustidan sut, qaynatma aralashmasi yoki suv, margarin yoki sariyog' solinib dimlanadi. Mahsulot yumshoq holga kelgach, ustidan manna yormasi naycha usulida oz-ozdan solib aralashtiriladi, iste'molga tayyor holga kelguncha qaynatib pishiriladi. Hosil bo'lgan mahsulot 40— 50°C gacha sovitilib, tuz, xom tuxum, ezilgan suzma solib yaxshilab aralashtiriladi. Kotlet tayyorlashda suzma qo'shilmasligi yoki manna yormasi o'rniga quyuq sut sardagi ishlatilishi mumkin. Tayyorlangan mahsulot porsiyaga bo'linib, kotlet shakli berihb, urvoqqa belanadi, qizib turgan yog'da 2 yoqlama qobiq hosil qilib qovurib, qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi.
Sabzi kotletini yana boshqa usulda tayyorlasa ham bo'ladi. Buning uchun ishlovdan o'tgan sabzi to'g'ralib, dimlab pishiriladi. So'ng go'sht qiymalovchi mashina yoki ezuvchi mashinadan o'tkazib, sut va margarin qo'shib qaynatilgan holda manna yormasi solib, quyuq holgacha qaynatib pishiriladi. Sovitib tuz, xom tuxum qo'shib aralashtiriladi. Biroz shakar (3—5 g hisobida) qo'shsa ham bo'ladi. Tayyorlangan mahsulot porsiyaga bo'linib, shakl berilib, urvoqqa belab qovuriladi. Tayyor kotlet likobchaga solinib, ustidan sariyog', margarin yoki alohida sardak idishida smetana yoki smetana sardagi, shuningdek, sut sardagi quyib beriladi.
Sabzi 156 g, oshxona margarini 5 g, sut 15 g, qaynatma 15 g, manna yormasi 15 g, tuxum 1/10 dona, suzma 31 g, urvoq yoki un 12 g, pazandachilik yog'i 10 g, margarin yoki sariyog' 10 g, yoki smetana 25 g, sardak 75 g. Sof og'irligi: yog' bilan 160 g, smetana bilan 175 g, sardak bilan 225 g.
Lavlagi kotleti. Lavlagi po'sti bilan pishirib yoki yopib pishirilgach, po'sti tozalanadi, sabzavot to'g'rovchi yoki ezuvchi mashinadan o'tkaziladi, chuqurroq idishga solib, margarin, manna yormasi qo'shib, qaynatib pishiriladi, sovitilib, xom tuxum, tuz qo'shib, aralashtiriladi, porsiyaga taqsimlab, urvoqqa belanadi, shakl berib qovuriladi, xuddi sabzi kotletiga o'xshash tarqatiladi. Karam shnitseli. Karam o'zagi o'yib olinib, tuzli qaynab turgan suvga solib, yarim tayyor holgacha pishiriladi, sovitilib, bargi ajratiladi, barg o'zagi eziladi. Tayyorlangan barg 2 donadan ustma-ust qo'yiUb, chetlari ich tomon buklanib oval shakli beriladi, awal unga, so'ng lezonga, urvoqqa belanadi. Qizdirilgan yog'da 2 yoqlama qovurilib, qovurish shkafida iste'molga tayyor holga keltiriladi.
Tarqatishda karam shnitseli likobchaga solinib, ustidan sariyog', margarin qo'yib beriladi. Alohida sardak idishda smetana ham berilishi mumkin. Yangi oq o'zakli karam 225 g, un 5 g, tuxum 1/5 dona, urvoq 15 g, pazandachilik margarini yoki sariyog' yoki smetana 20 g, yoki sardak 75 g. Sof og'irlik sariyog' bilan 160 g, smetana bilan 170 g, sardak bilan 225 Qovoqli oladya. Qovoq po'sti, urug'idan tozalanib, qirg'ichda qiriladi va un, sut, tuz, shakar, osh sodasi, xom tuxum bilan bir xil quyuqlikka kelguncha aralashtiriladi. Qizib turgan tovaga yog' solib, qoshiq yordamida tayyorlangan mahsulotdan yog'ga solib asosiy usulda ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovurib, tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda likobchaga 2—4 donadan oladya solib, ustiga smetana beriladi. Qovoq 279 g, bug'doy uni 50 g, sut 30 g, xom tuxum 1/2 dona, shakar 15 g, soda 2 g, oshxona yogi 15 g, smetana 30 g. Sof og'irligi 280 g. Kartoshka kotleti. Ishlovdan o'tgan kartoshka pishiriladi, quritilib, issiq holda eziladi, so'ng 40— 50°C gacha sovitilib, xom tuxum qo'shib yaxshilab aralashtiriladi.
Aralashmaga 10—15 gramm jazlangan piyoz qo'shish mumkin. So'ng aralashma porsiyaga taqsimlanadi va un yoki urvoqqa belanib kotlet shakli beriladi. Tayyorlangan kartoshka kotleti tovada qizdirilgan yog'ga solinib ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi va qovurish shkafiga qo'yib iste'molga tayyor holga keltiriladi. Tarqatishda kartoshka kotleti likobchaga qo'yilib, ustidan sariyog' yoki margarin sepib, bir chetiga smetana yoki smetana sardagi quyib beriladi. Smetana va sardaklar alohida idishda berilishi ham mumkin. Kartoshka zrazilari. Kartoshkani xuddi kartoshka kotletiga o'xshash pishirib, mahsulot qo'shib tayyorlanadi. Porsiyaga taqsimlab, obinon shakli berilib o'rtasiga qiyma solinadi, chetlari bukilib, yemirilgan g'isht shakli berilib, un yoki urvoqqa belanadi va tovadagi qizib turgan yog'ga solib ikki yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi. So'ng qovurish shkafiga solib iste'molga tayyor holga keltiriladi. Qiyma tayyorlash uchun: piyoz somoncha shaklida to'g'ralib jazlanadi, to'la pishirib chopilgan tuxum, ko'kat, yanchilgan murch bilan aralashtiriladi. Tuxum o'rniga pishirib, mayda chopilgan qo'ziqorin yoki somoncha shaklida to'g'ralib. margarin bilan biroz suyuqlikda yumshoq pishirilgan sabzi qo'shilishi ham mumkin
Tarqatishda kartoshka zrazisi likobcha yoki laganchaga suzilib, ustidan sariyog' yoki margarin sepiladi. Smetana yoki tomat, qo'ziqorin sardagi alohida idishda yok zrazi yoniga qo'yib berilishi mumkin. Kartoshka 241 g, tuxum 1/10 dona, bosh piyoz 48 g, margarin 5 g, tuxum 1/2 dona, urvoq yoki bug'doy uni 12 g, oshxona yog'i 10 g, oshxona margarini yoki sariyog' 10 g, yoki smetana 20 g yoki sardak 75 g. Sof og'irligi: yog' bilan 210 g, smetana bilan 220 g, sardak bilan 275 g. Kartoshka kroketi. Qaynatilgan kartoshka issiq holda eziladi, mo'ljallangan unning 1/3 qismi aralashtirilib, biroz sovitiladi. So'ng xom tuxum sarig'i qo'shib aralashtiriladi va porsiyasiga 3—4 donadan bo'linib, nok, shar, silindr shakllari beriladi, qolgani unga belanib, ustidan tuxum oqini surtib, urvoqqa belanadi. Yog'ga solib qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha qovuriladi. Kroket uchun tayyorlangan mahsulotga mayda chopilib jazlangan qo'ziqorin yoki piyoz ham qo'shish mumkin. Tarqatishda kroket likobchaga solinib, tomat, piyoz, bodring qo'shib tayyorlangan sardak, qo'ziqorin sardagi, ko'kat sepib beriladi. Sardaklarni alohida sardak idishda berish ham mumkin. Agar kroketlar garnir sifatida ishlatilsa, maydaroq qilib tayyorlanadi. Kartoshka 233 g, tuxum 1/2 dona, bug'doy uni 10 g, urvoqqa 10 g o'simlik yog'i yoki pazandachilik yog'i 20 g, sardak 50 g. Sof og'irligi 230 g.
Download 15,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish