QOVOQ URUG'INI QURITISH JARAYONNI TADQIQ ETISH
Dots. Jumayev B.M., magistr Jo'rayev M. Ch. magistr Alovidinova N.M. Магистр Машарипова З. М.
Toshkent kimyo texnologiya institute tel: +99891 100-02-92
Respublikamizda yetishtirilayotgan mevalarni qayta ishlash, ulardan yarimtayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqish, mahsulotlarga sarflanadigan energiya resurslarini tejash, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlovchi, resurslarni tejovchi quritish texnologiyalarni yaratish bo'yicha muayyan natijalarga erishilmoqda.
Mazkur vazifalarni, jumladan, quruq mahsulotlar texnologiyalari rivojlanishini energiya berishning IQ diapazonlaridagi elektromagnit to'lqinlarni qo'llash orqali quritish usullari bilan birlashtirish, energiyani iqtisod qilish va jarayonning davomiyligini kamaytirish maqsadida namlik va haroratning bog'liqligi bo'yicha quritish, quritilayotgan xom ashyo uchun dastlabki ishlov berishning maqbul parametrlarini qo'llash, IQ-qizdirish va konvektsiya yordamida quritish jarayonini jadallashtirishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko'pchilik uchun qovoq urug'lari bolalikni eslatadi. Ularning ajoyib ta'mi va maxsus tuzilishi bor. Bu urug'lar odatda organizm uchun juda foydali. Ular qon aylanish tizimining va yurak kasalliklarining oldini olishga qodir bo'lgan ko'p miqdorda temir moddasini o'z ichiga oladi. Bir qarashda, quritilgan urug'lar muammoli va murakkab vazifadir. Ammo aslida bir qator oddiy tavsiyalarni bajarish yetarli bo'ladi, va har qanday qovoq urug'ini quritish mumkin.
Ilmiy ishning ekspementini amalga oshirish uchun ispan navi qovog'ining urug'idan foydalanildi. Dastlab qovoq urug'ining massasiga ishlov berildi. Yani uning yuza qatlami begona moddalardan tozalandi. Tajriba amalga oshirish uchun dastlab 200 gr urug' olinib quritish pechining patnesiga joylanadi. Haroratning bir xil taqsimlash uchun o'tkazuvchan qog'ozga urug'lar yoyildi.
Quritish jarayonini boshlash uchun dastlab quritish pechini ko’zdan kechirib, uning haroratini 650C ga o’rnatiladi. Harorat ko'rsatkichga yetkazilgandan so'ng patnisni pech ichiga qo’yiladi. Quritish jarayoni parametrlarini kuzatish uchun har bir soatda uning vaznini o'lchab boramiz.
Quritish ikki bosqichda davom etdi.
1. Birinchi bosqich 1 soat davom etdi. Bunda urug'ning umumiy massasi 200 gr (m1) Birinchi bosqichda quritilgan urug'ning massasi -147 (m2) Urug'ning yo’qotgan namligi (%) X X= (m1- m2)/ m1= (200-147)*100/200=26.5 %
2. Ikkinchi bosqich xam 1 soat davom etdi. Bunda urug'ning umumiy massasi 200 gr (m1) Ikkinchi bosqichda quritilgan urug'ning massasi-138 gr (m2) Urug'ning yo’qotgan namligi (%) X X=(m1-m2)/m1=(200-138)*100/200=31 % Tajribadan ko’rinib turibdiki uning namligi 31 % tashkil qildi.
rasm. Materialni IQ-qizdirish orqali quritish.
|
2. rasm Quritilgan qovoq urug'ini
|
Yuqorida keltirilgan tahlillardan shuni xulosa qilishi IQ-qizdirish orqali quritishda jarayon haroratini 65 0S sifatli quritishga erishish mumkin.
ADABIYOTLAR RUYXATI
Норкулова К.Т., Искандаров З.С., Жумаев Б.М. Исследование комбинированной сушильной установки. Международная научная конференция Инновация, Ташкент, 2016. C.96-97.
Сафаров Ж.Э., Парпиев З.Т., Жумаев Б.М. Сушка моркови с сохранением биологически активных веществ. Научная конференция молодых ученых «Акутальных проблемы химии природных соединений». –Ташкент, 2015. С.194.
3. Норкулова К.Т., Искандаров З.С., Сафаров Ж.Э., Жумаев Б.М. Пути разработки инновационных технологий объемной переработки сельхозпродуктов. Международного Симпозиума «Микроорганизмы и биосфера» Microbios-2015. Ташкент. С.267-268.
Do'stlaringiz bilan baham: |