og’zaki nutq
ni o’rgatishdir. Mazkur o’quv yurtining
dasturiy talablariga binoan, o’quvchilar ingliz tilida og’zaki axborot berish,
suhbatlasha olish va o’rganilgan mavzuga bog’liq ingliz tilidagi nutqni tinglab
tushuna olish malakalarini egallashlari talab etiladi.
Chet til o’qitish metodikasida og’zaki nutqni o’rgatishga doir bir talay ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilgan (I.A. Zimnyaya, A.P. Lebedova, L.M. Sizova, E.I.
Passov, V.I. Andriyanova, N.I. Jinkin, A.A. Leontev, T.V. Ryabova, A.A.
Alxazishvili, S.A. Butyugina, B.Ya. Lebedinskaya, O.I. Moskalskaya, G.M. Uayzer,
52
A.D. Klimentenko, Z.M. Tsvetkova va b.). Turli o’quv yurtlarida ingliz tilida
og’zaki nutq(gapirish va tinglab tushunish)ga qo’yiladigan dasturiy talablar, uning
tilshunoslik (lingvistik) va ruhshunoslik (psixologik) asoslari, juftnutq (dialog) va
yakkanutq(monolog)ni o’rgatish, nutq faoliyatini reproduktiv hamda retseptiv
egallashga doir masalalar tadqiq etilgan. Shuningdek, ingliz tili o’qitishning turli
bosqich va tashkiliy qismlarida og’zaki nutqni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad
hamda vazifalar belgilab berilgan, og’zaki nutq malakalarini shakllantirish uchun
tavsiya etilgan.
Ushbu tadqiqotlar hozirgi kunda ham o’z ilmiy qimmatini yo’qotganicha
yo’q. Biroq, bugungi kunning talabi mazkur faoliyat turini o’rgatishga doir
masalalarni zamonaviy metodika talablari nuqtai nazardan ko’rib chiqishni taqozo
etmoqda.
Og’zaki nutq faoliyat sifatida juda murakkab psixofiziologik jarayon bo’lib,
uning asosini bosh miya qobig’i birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o’zaro
aloqasi tashkil etadi. Og’zaki nutq, ma’lumki, gapirish va tinglab tushunishdan
iborat. Gapirish fikrni og’zaki bayon etish maqsadida muayyan tildagi leksik,
grammatik va talaffuz hodisalarini qo’llash jarayonidir. Gapirish oqibatida fikr
bayon etiladi. Fikrni bayon etish niyati (ichki turtkisi) esa gapirishga sabab bo’ladi.
Chet til o’qitish metodikasida gapirish tushunchasiga fikrni bayon etish jarayoni,
aytish, og’zaki muloqot, fikr izhori natijasi deb ham qarash mumkin.
Gapirish faoliyatiga berilgan ta’riflardan yana birida unga u yoki bu til kodi
yordamida og’zaki shaklda amalga oshadigan fikr va hissiyotning ifodasi degan
ta’rif ham berilgan. Bir qarashda gapirishni fikrni yozma ifodalashdan farqi u yoki
bu milliy til kodi hisoblanmish – tovush va harfdan foydalanishdek tafovut
mavjuddek ko’rinadi. Aslida esa og’zaki nutqni ro’yobga chiqishida bir qancha
tildan tashqari bo’lgan (ekstralingvistik) omillar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi.
Bunday
omillarga
nutq
faoliyati
sodir
bo’ladigan muhit (vaziyat),
so’zlovchilarning yosh xususiyatlari, rivojlanish darajasi, suhbat mavzui,
tinglovchining nutqning idrok etishdagi diqqati, mimika, imo-ishoralar kabilarni
53
ko’rsatish mumkin. Ekstralingvistik omillar ta’sirida so’zlovchi muloqot
jarayonida turli til vositalarini tanlaydi. Og’zaki nutqdagi go’zallik tovushlarning
aniq va to’g’ri talaffuzida, ohangning me’yorida, ovozning baland-pastligini o’z
o’rnida qo’llashda, tovushlarning qisqa va cho’ziq talaffuzida, mantiqiy urg’udan
o’rinli foydalanish kabi omillarda ko’rinadi. Og’zaki nutqni nazorat qilish
anchayin qiyin kechadi. Chunki u bir yoki bir necha kishilar tomonidan amalga
oshirilishi mumkin.
Gapirish nutq faoliyatining turi sifatida o’zining ijodiyligi bilan ajralib
turadigan murakkab fikrlash jarayoni bo’lib, unda so’zlovchi o’z fikr va his-
tuyg’ularini til hamda ekstralingvistik vositalar yordamida ifodalashga harakat
qiladi.
Psixolingvistikaga oid tadqiqotlarda gapirish uch tarkibli nutqiy faoliyat
sanaladi. Dastavval, gapirishga moyillik, ichki turtki (motivatsiya) bo’lishi taqozo
etiladi, ya’ni fikrni bayon etishga ehtiyoj tug’iladi. Fikrni izhor qismida esa
analiz/sintez amallari ishga tushadi, gapiruvchi xotirada tayyor turgan so’zlar
(leksika)ni, grammatik birliklarni tanlaydi. Bu holatda, odatda, ona tili va ikkinchi
til hodisalari o’rtasida o’xshashlik (transpozitsiya) hamda o’zaro farq qilish
(interferentsiya) hodisalari ham kelib chiqadi. Gapirishning uchinchi qismi ijro,
bayon etish, talaffuz qilish, tashqi nutqda uni ifodalashdir. Uchala qismning amal
qilishi gapirish faoliyatini yuzaga kelishiga turtki bo’ladi (N.I. Jinkin, I.A.
Zimnyaya).
O’rta maktab va nofilologik oliy o’quv yurtlarida gapirishga qo’yiladigan
dasturiy talablarni yoritishdan avval mazkur faoliyatni ingliz tili o’qitishning ayrim
bosqich va tashkiliy qismlaridagi o’rni haqidagi fikrlarga bir oz to’xtalish
o’rinlidir.
O’quvchilarga ingliz tilida gapirishni o’rgatish maktabgacha ta’lim
muassasalari (bog’cha)da amaliy maqsad maqomiga egadir. Mazkur o’quv
muassasalarida og’zaki nutq, ayniqsa, gapirish malakalarini shakllantirishga asosiy
e’tibor qaratiladi.
54
O’rta umumta’lim maktablarida esa gapirish oraliq maqsad sanaladi, ya’ni
maktab ingliz tili ta’limining dastlabki bosqichida ular gapirish va tinglab
tushunish (og’zaki nutq)ni o’rganadilar, o’qish hamda yozuv (yozma nutq) o’qitish
vositasi bo’lib xizmat qiladi. O’rta va yuqori bosqichlarda o’qish va tinglab
tushunish (retseptiv nutq) amaliy maqsad maqomini egallaganda, gapirish vosita
vazifasini bajaradi.
O’rta umumta’lim maktablari va nofilologik oliy o’quv yurtlarida gapirishni
o’rgatish matnlarni o’qish va tinglab tushunish orqali o’zlashtirilgan axborotlar
asosida olib boriladi. Mazkur o’quv yurtlarida ko’proq mustaqil, darsdan tashqari
o’qilgan matnlar mazmunini yakkanutqda gapirib berish asosiy o’rin egallaydi.
Yakkanutq og’zaki fikrni bayon etish, o’qilgan yoki tinglangan matn
mazmunini aytib berish, hikoya qilish, og’zaki muloqot yuritish kabi faoliyatlardan
tashkil topadi.
Mavzu doirasidagi yakkanutq (1) shaxsiy hayot (yoki til) tajribasini ishga
solish, (2) fikr va mulohazalarni izchil bayon qilish, (3) aytilayotgan axborotni
yaxlit holatga keltirish, (4) o’quv nutqiy vaziyat (O’NV) bo’yicha o’z
munosabatini bildirish kabilarni o’z ichiga oladi.
Ingliz tilida olib boriladigan muloqot kelajakdagi ixtisoslik faoliyati bilan
bog’liq kasbiy bahs xarakteriga ega bo’ladi. Bunday muloqot shakllarini tashkil
qilishda, ayniqsa, o’yinlarning o’rni beqiyosdir. Bunday o’yinlarda fikr
almashinuvi, suhbat va bahslarda ishtirok etish davomida o’quvchilar ingliz tilida
quyidagi malakalarni o’zlashtirib oladilar:
1.Axborot so’rash, auditoriyada axborot bilan chiqish, muhokama
qilinayotgan masalalar bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini bildirish,
bahslashish, gaplarni bexato tuzish;
2.Muloqotda etiket mezonlariga amal qilish, iltimos, minnatdorchilik
bildirish, uzr so’rash, qo’shimcha ma’lumotlar so’rash, suhbatdoshini muloqotga
tortish, muayyan qolipdagi nutqiy namunalardan foydalanish;
55
3.Muloqot jarayonida ixtisoslikka oid so’z va iboralarni qo’llash, ilmiy
tushunchalarni ifodalovchi iboralardan keng foydalanish.
4.
Dasturda ko’rsatilgan mavzular bo’yicha ijtimoiy-maishiy, siyosiy,
madaniy, o’quv-ta’limiy va kasbiy sohalar bo’yicha muloqot jarayonida axborotlar
olish va berish, suhbatdoshni muloqotga tortish, fikr almashish;
5.
O’qilgan yoki tinglangan matn mazmuniga tanqidiy baho berish, o’z
fikrini bildirish va h.k.
Oliy o’quv yurtlari dasturida ingliz tilida gapirishni o’rgatish oraliq ta’limiy
maqsad bo’lishi bilan birga, u ta’lim vositasi vazifasini ham o’taydi. Vosita
maqomida u boshqa nutq faoliyati turlarini o’rganilishiga ko’maklashishi nazarda
tutiladi.
Gapirish juftnutq (dialog) va yakkanutq (monolog) shakllarida o’rganiladi va
ular o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Juftnutq ikki shaxs(suhbatdosh)ning bevosita
muloqoti, ya’ni bir talay fikrlar zanjiridan iborat shaklda ro’yobga chiqadigan
jarayondir. Odatda, hayotiy sharoitda juftnutq ko’pincha tayyorlanmagan holda
sodir bo’ladi. Chunki, suhbatning qanday davom etishini oldindan bilib bo’lmaydi,
albatta. Juda kam hollardagina so’zlovchi kelajakdagi suhbatda nimalar haqida
gapirishni o’ylab oladi. Juftnutqning axborot almashish maqsadidagi juftnutq, reja-
juftnutq va munozara juftnutq turlari mashq qilinadi.
Axborot almashish juftnutqida suhbatdoshlar o’z fikr-mulohazalarini bir-
birlariga etkazadilar. Bunday juftnutq ko’proq ingliz tili o’qitishning ilk
bosqichlarida qo’llanadi. Chunki mazkur juftnutqda oddiy yoki miqdor jihatdan
kamroq til materialining qo’llanilishi kuzatiladi.
Birga faoliyat ko’rsatishni mo’ljallaydigan reja-juftnutq esa shaklan va
mazmunan biroz murakkabroq bo’ladi. Shu sababli mazkur nutqni ta’limning o’rta
bosqichida o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Munozara juftnutq fikrlarni dallilash, ularga tanqidiy yondashish,
suhbatdoshni ishontira olish, isbotlash kabi faoliyatlar bilan bog’liq bo’ladi.
So’zlovchining diqqati nutqning mazmundorligi, mantiqiyligiga qaratiladi. Nutq
56
malakalari takomillashgan darajaga yetkaziladi. Munozara juftnutqni ko’proq
ingliz tili ta’limining yuqori bosqichida o’rgatish tavsiya etiladi. Ingliz tili o’qitish
amaliyotida mazkur juftnutq turlarining har qaysisi uchun alohida-alohida til
materialini tanlash talab etiladi.
Juftnutq deduktiv (umumiydan xususiyga yo’nalgan holda) va induktiv
(xususiydan umumiyga tomon) usullarda o’rgatiladi. Deduktiv usuldagi juftnutq
namuna asosida o’rganiladi. Bunda namunaviy juftnutq, avvalo, tinglab tushunish
uchun taqdim etiladi, so’ngra yod olinadi, keyinchalik leksik o’zgarishlar bilan
qismma-qism o’rganib boriladi va, nihoyat, juftnutqda mustaqil ijro etiladi.
Induktiv usuldagi juftnutqni o’rgatishda eng kichik birliklardan boshlab,
mustaqil fikr yuritila boshlanadi. Mazkur turdagi juftnutqda nutqiy mashqlar
bajarish bilan birga, til materialini o’zlashtirishga ham e’tibor beriladi.
Juftnutqni retseptiv, reproduktiv va konstruktiv bosqichlarda o’rgatish
qoidalashtirilgan. Retseptiv bosqichda o’quvchi diktor yoki o’qituvchi nutqini
tinglaydi yoki o’qiydi, shu asosda nutqni tushunib oladi. Reproduktiv bosqichda
o’qilgan matn yoki audiomatn yod olinadi, taqlid yo’li bilan yoki ayrim qismlarini
o’zgartirib aytilishi mumkin. Konstruktiv bosqichda o’quv nutqiy vaziyatdan
foydalanib, juftnutq bo’yicha mustaqil suhbat tashkil etiladi.
Amaliyotda yakkanutqni o’rgatish ko’pincha juftnutqqa qaraganda osonroq
kechadi, degan fikrlar mavjud. Chunki, yakkanutq oldindan belgilangan reja
asosida amalga oshiriladi. O’quvchi o’z fikrini bayon etishga kirishar ekan, nima
haqida gapirishni bila oladi, uni oldindan rejalashtiradi. Juftnutqda esa, odatda,
suhbatdoshning nima deyishini oldindan bilib bo’lmaydi. Ba’zida suhbat davomida
mavzudan chetga chiqish hollarini ham kuzatish mumkin. Shuningdek, tabiiy
suhbat hamma vaqt ham biror mantiqiy reja asosida davom etavermaydi. Juftnutq
yana shunisi bilan ham murakkab-ki, unda navbati bilan, goh suhbatdoshning
nutqini tushunish, goh o’z shaxsiy fikrlarini bildirish malakalarini qo’llashni talab
etiladi. Yakkanutqda esa faqatgina o’z shaxsiy fikrini bildirish talab etiladi, xolos.
Yakkanutq va juftnutq yana struktural modellarni tanlashda ham bir-biridan farq
57
qiladi. Juftnutqda asosiy o’rinni savollar egallasa, yakkanutqda muloqotni
savollarsiz ham amalga oshirish mumkin.
Nihoyat, juftnutqdagi yana bir qiyinchilik – suhbatdoshlar faqatgina
savollariga javob beribgina qolmay, balki, o’z navbatida, nutq oqimining davom
ettirishi, uning rivoji uchun imkon, sabab-vaj topishi ham talab etiladi. Aks holda
amaliyotda suhbatni to’xtab qolishi kuzatiladi. Bularning barchasi, birinchidan,
juftnutqni o’rgatish yakkanutqdan keskin farq qilishi, ikkinchidan, juftnutqda
yakkanutqni o’rgatishda uchramaydigan qiyinchiliklar mavjud ekanligini e’tirof
etish mumkin.
Yakkanutq uchun ichki turtki (stimul) bo’lib, gapiruvchi beradigan
axborotning hajmi va xususiyatini o’zi belgilaydi, axborot berishda til vositalarini
mustaqil tanlash imkoniga ega bo’ladi. Juftnutqda esa stimullar ko’p bo’lib,
ularning bir qismini ichki, bir qismini esa tashqi stimullar tashkil qiladi.
Yakkanutqni
puxta
o’zlashtirishda darsliklardagi matnlarning o’rni
beqiyosdir. Dastlab o’quvchilar darslikdagi matnlarni o’qishadi, unga yozma
tayyorlanishadi va darsda fiklarini og’zaki ifoda etadilar. Qisqasi, o’quv matnlari
kollej o’quvchilarning og’zaki nutqi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Matnni
qanday tushunganlik asosan darsda og’zaki usulda tekshiriladi, ya’ni o’quvchilar
savollarga javob beradilar, matnni muayyan qismlarini qaytaradilar. Shundan
keyingina yakunlovchi yumush vazifasida o’quvchilar matnni, odatdagidek,
imkoni boricha matnga yaqin holda yakkanutqda gapirib beradilar.
Yakkanutq malakasini o’stirish o’z nutqiga isbot, bahs elementlarini
kiritishni, shuningdek, mulohaza xajmini yanada kengaytirishni nazarda tutadi.
Muloqotning asosiy shakli sifatida yakkanutqni o’rgatish KHKda ingliz tili
o’qitishning yetakchi vazifalaridan biridir.
Nutq mexanizmlarining mushtarakligi tufayli gapirish va fikrni yozma bayon
etishda umumiylik kuzatiladi. Jumladan, fikrni yozma bayon qilishda ham
gapirishdagi nutq mexanizmlarining ishtirok etishi kuzatiladi. Fikrni og’zaki bayon
etishning asosiy qo’zg’ovchi va shakllantiruvchi omillari yozuv faoliyatida ham
58
kuzatiladi. Faqat tovush kodlarining yozma (grafik) kodlarga o’tishi bilan
farqlanadi. Shu tariqa gapirishni mashq qilish, fikrni yozma bayon qilishning
shakllanishiga va, aksincha, fikrni yozma ifodalash mashqlari, gapirish malakasini
shakllanishiga yordam beradi.
Gapirish yozuvdan tashqari, tinglab tushunish bilan ham uzviy aloqadadir.
Nutq faoliyatining mazkur turlari umumiy psixologik jihatlarga egadir. Gapirishda
fikrni ifodalash avval ichki nutqda, keyin esa tovush kodida sodir bo’ladi. Tinglab
tushunishda esa nutq mexanizmlari teskari yo’nalishda harakatlanib, tinglovchi
idrok etilgan tovush signallarini avval ichki nutqda takrorlaydi, tovush xotirada
saqlangan dinamik stereotip bilan mos tushishi natijasida tinglab tushunish sodir
bo’ladi. Xullas, gapirish va tinglab tushunish uchun ichki nutqning rivojlanganligi
muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham taniqli psixolog N. I. Jinkin
tinglab tushunish gapirish jarayonida, gapirish esa tinglab tushunish jarayonida
shakllanadi, degan g’oyani ilgari surgan.
Ingliz tili o’qitishda tinglab tushunishni o’rgatish asosiy vazifalardan biridir.
Inson ma’naviy kamolotga, odatda, ko’rish, eshitish (tinglash) va o’qish
faoliyatlari orqali erishadi.
Psixolingvistikada tinglab tushunishga tovush kanali bo’ylab keladigan
axborot kodini ochish(rasshifrovka qilish)dan iborat jarayon, deb ta’rif
beriladi. “Tinglab tushunish uch bosqichli faoliyat bo’lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |