Muntazam ko`pyoqlar
Agar qavariq ko`pyoqlarning tomonlari soni bir xil bo`lgan muntazam ko`pburchaklardan iborat bo`lsa va shu bilan birga ko`pyoqning har bir uchida bir xil miqdordagi qirralar uchrashsa, bunday qavariq ko`pyoq muntazam ko`pyoq deyiladi. Bunday ko`pyoqlarga muntazam tetraedr, kub, oktaedr, dodekaedr va ikosaedrlar kiradi.
Bizga tanish bo`lmagan oktaedr yoqlari muntazam uchburchaklar bo`lib, har bir uchida to`rtta qirra uchrashadi.
Dodakaedr – yoqlari muntazam beshburchaklardan iborat, uning bitta uchida uchta qirra uchrashadi.
Ikosaedr – yoqlari muntazam uchburchaklardan iborat bo`lib, uning har bir uchida beshtadan qirra uchrashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |