Ko`pyoqli burchaklar
Ikkita yarim tekislik va ularni chegaralab turgan umumiy to`g`ri chiziqdan tashkil topgan shakl ikki yoqli burchak deyiladi.
Yarim tekisliklar ikki yoqli burchakning yoqlari, ularni chegaralovchi to`g`ri chiziq esa ikki yoqli burchakning qirrasi deyiladi AOB burchak ikki yoqli burchakning chiziqli burchagi deyiladi. Ikki yoqli burchakning kattaligi chiziqli burchak bilan o`lchanadi.
Uchta yassi burchakdan tashkil topgan shakl uchyoqli burchak deyiladi. S- uchyoqli burchakning uchi deyiladi.
Agar bunday, ya`ni bitta umumiy uchga ega bo`lgan tekisliklar (yoqlar) ko`p bo`lsa, bunday shakl ko`pyoqli burchak deyiladi.
Ko`pyoqlar
Chekli miqdordagi tekisliklar bilan chegaralangan jism ko`pyoq deyiladi. Ko`pyoqning chegarasi uning sirti deyiladi.
Agar ko`pyoqning o`zi uni chegaralovchi tekisliklarning har biridan bir tomonda yotsa, bunday ko`pyoq qavariq ko`pyoq deyiladi.
Ko`pyoqlardagi A, B, C, D,… - ko`pyoqning uchlari, AB, BC, AD; AA, BB … - ko`pyoqning qirralari, ∆ABC, ∆ABD, ∆ACD, □ ABCD, □ ADD1A1 - ko`pyoqning yoqlari deyiladi..
Bizga ma`lum bo`lgan ko`pyoqlar: prizma, parallelopiped, piramidalardir.
Prizma deb, ikkita parallel tekislik orasiga joylashgan barcha parallel to`g`ri chiziqlar kesmalaridan tuzilgan ko`pyoqqa aytiladi
Bu kesmalar shu tekisliklardan birida yotgan yassi ko`pburchakni kesib o`tadi. Prizmaning parallel tekisliklarda yotgan yoqlari prizmaning asoslari deyiladi. Boshqa yoqlari prizmaning yon yoqlari deyiladi.Yon yoqlari parallelogrammlardan iborat bo`ladi.
A1A2 …– prizmaning uchlari
A1 A1, A2 A2 ′ - prizmaning yon qirralari;
A A2 A2 ′ A′ , A2 A3 A3′ A2′ - prizmaning yon yoqlari;
A1 A2 A3 … An va A1′ A2′ A3′ … An′ - prizmaning asoslari deyiladi.
Prizmaning asoslari orasidagi masofa uning balandligi deyiladi. Prizmaning ikki asosidagi bir yon yoqqa tegishli bo`lmagan uchlarini tutashtiruvchi kesmalar diagonali deyiladi.
Agar prizmaning yon qirralari asoslariga perpendikular bo`lsa uni to`g`ri prizma deyiladi. Aks holda og`ma prizma deyiladi.
Asoslari muntazam ko`pburchak bo`lgan to`g`ri prizma muntazam prizma deyiladi.
Prizma yon yoqlari yuzlarining yigi`indisi prizmaning yon sirti deyiladi.
Teorema. To`g`ri prizmaning yon sirti asosining perimetri bilan balandligining, ya`ni yon qirrasi uzunligining ko`paytmasiga teng.
S= a1h + a2h+ …+anh = ph
Parallelopiped
Prizmaning asosi parallelogram bo`lsa, bunday prizma parallelopiped deyiladi.
Parallelopipedning umumiy uchga ega bo`lmagan yoqlari qarama- qarshi yoqlar deyiladi.
ABB1A va DCC1D- qarama-qarshi yoqlari.
BCC1B1 va ADD1A1 – qarama- qarshi yoqlari.
Piramida
Piramida deb, berilgan nuqtani yassi ko`pburchakning nuqtalari bilan tutashtiradigan barcha kesmalardan tashkil topgan ko`pyoqqa aytiladi .
S – piramidaning uchi.
∆ABC – piramidaning asosi.
∆SAB, SBC, SAC – piramidaning yon yoqlari.
SA, SB, SC- piramidaning yon qirralari.
SO – piramidaning balandligi deyiladi.
Uchburchakli piramida qatoriga tetraedrni kiritish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |