Qo’shtepa tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida kuzatuv Kengashi tuzish bo’yicha 28-son umumiy o’rta ta’lim maktabida umumiy yig’ilishini olib borish
TARTIBI
“15” yanvar 2021 yil Qo’shtepa tumani
Assalom aleykum xurmatli Ota-onalar,yig’ilish qatnashchilari
Bugungi yig’ilishda tuman xalq ta’limi bo’limi vakili X.To’xtasinov, 345 nafar ota onalar qatnashmoqdalar. Yig’ilishni ochish to’g’risida kimda qanday takliflar bor? Qarshilar? Yo’q, betaraflar, yo’q, yig’ilish ochilsin degan taklif tushayapti. Taklif bir ovozdan qabul qilindi.
Bugungi yig’ilishimiz kun tartibiga bitta masala qiritilgan.
KUN TARTIBI:
1.O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi xaqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi 16-mh-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan nizomga asosan 28-son umumiy o’rta ta’lim maktabida kuzatuv Kengashi a’zolarini saylash to’g’risida. (Ma’ruzachi X.To’xtasinov (XTB vakili)
Kun tartibiga o’zgartirish kirituvchilar bormi? Qarshilar? Yo’q, betaraflar,yo’q, bir ovozdan maqullandi.
Xurmatli yig’ilish qatnashchilari. Yig’ilish o’tkazish reglamentini tasdiklab olishimiz kerak. Ma’ruza uchun 20 minutgacha, muzokoralar uchun 5 minutgacha vaqt belgilasak va yig’ilishni bir o’tirishda tamomlasak. Qarshilar? Yo’q, betaraflar, yo’q, bir ovozdan moqullandi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan so’z XTB vakili X.To’xtasinovga
Kun tartibidagi masala yuzasidan X.To’xtasinov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 26 dekabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi xaqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi 16-mh-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan nizom bilan tanishtirdi.
Nizomning mazmuni quyidagicha:
Mazkur Nizom Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538 “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq umumiy o’rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari xamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi vazirining
2018 yil 26 dekabrdagi
16-mx-son buyrugiga
ILOVA
Umumiy o’rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi
NAMUNAVIY NIZOM
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538 “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq umumiy o’rta ta’lim muassasasi ko’zatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari xamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |