Namuna: O’rangan qiz ichkari eshikdan hatlar-hatlamas paranjini irg’itdi va o’zining bolalik ruhi bilan yugurganica borib, Zebini quchoqladi. (teng bog’lovchili qo’shma gap). (3-slayd ko’rsatiladi)
Keyin o’quvchilar qo’shma gaplarga bittadan misol keltirib, ularning bir-biridan farqini aytadilar.
Namuna: Qayerda kurash bo’lmasa, o’sha yerda o’sish ham yo’q. O’quvchilar mazkur qo’shma gap nisbiy so’zli qo’shma gap hisoblanishi va bu yerda ko’rsatish olmoshi ishtirok etganligini aytib o’tadilar.
So’ng to’rtinchi – “O’zimizni sinaymiz» bekatiga o’tiladi. Mashqni bajarishda «Cho’qqiga intilish» musobaqasi o’tkaziladi. Bu o’rinda matbuot materiallari yoki biror badiiy asardan foydalanish mumkin. O’quvchilar matndagi qo’shma gaplarni topib, ularni izohlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |