ESHITILDI:
Yig‘ilishni maktab direktori Sh.Aralliyev ochib, yig‘ilganlarni Mustaqilligimizning 30 yilligi va yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Maktabda “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” bayram tadbirlari hamda “Bilimlar kuni” ni o‘tkazilishini bunga barcha sinf rahbarlari mas’ul ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Bayram tadbiri ishtirokchilariga yurtimizda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuq va marralarning mohiyati va ahamiyati hamda O‘zbekistonning tinch va osuda hayoti, xalqaro maydondagi yuksalib borayotgan nufuzi to‘g‘risida aniq raqamlar va dalillar keltirgan holda yoshlarimizda vatanimizning bugungi va ertangi taraqqiyotiga dahldor, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini yanada yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor qaratib tashkil etish lozim. Bayram tadbirida davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida ushbu tadbirlarning o‘tkazilishi unga o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi. Bu kun maktabga ilk marta tashrif buyurayotgan o‘quvchilar 1-sinflar hayotlarida eng quvonchli unitilmas kundir. Mazkur tadbir jarayonida bolalardan jonajon maktablariga muhabbat, ustozlariga hurmat tuyg‘ulari, buyuk kelajak sari ilk qadam tashlashdek hayajonli va sharafli tuyg‘ular shakllanadi. Ular mana shu kundan ilm-hunar olami sari qadam tashlaydilar.
Bayram tadbirini namunali o‘tkazib, so‘ng o‘quvchilarni va ustozlarni “Mustaqillik dars”larini kuzatishga taklif qildi. O‘quv yilini samarali o‘tkazish kerakligini bunda ota-onalar va sinf rahbarlarning mas’uliyati yuqori ekanligini aytib o‘tdi.
Kun taribidagi masala yuzasidan “Chamanzor” MFY raisi O.Ibragimov so‘zga chiqib quyidagi fikrlarni bildirdi. O‘quv yili davomida o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik hamda ko‘ngilsiz hodisalarni, ularni norasmiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklarini oldini olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish kerakligini aytib o‘tdi. Buning uchun o‘quvchilarni maktabda va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatadigan fan, ijodiy va sport to‘garaklariga jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish kerak.
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab MMIBDO‘ Z.Otamuratova, yoshlar yetakchisi S.Komilova, sinf rahbarlaridan N.Polvonova so‘zga chiqib o‘z fikrlarini bildirdi.
Yuqoridagilarga asoslanib yig‘ilish
QAROR QILADI:
1. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktab direktori Sh.Aralliyev, MMIBDO’ Z.Otamuratovalarning axborotlari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘TIBDO‘ G.Rahimova, MMIBDO‘ Z.Otamuratova va barcha sinf rahbarlariga:
-“Bilimlar kuni” hamda «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaymiz!» tadbiri maktabda belgilangan vaqtda ortiqcha dabdabalarsiz tashkil etilsin.
- o‘quv yili davomida darslarni sifatli o‘tilishini hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri va mazmunli tashkil qilish maqsadida ularni ijodiy to‘garaklar, sport musobaqalariga jalb etish sinf rahbarlari va ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
- O‘quvchilarga amal qilinishi lozim bo‘lgan texnika va boshqa turdagi havfsizlik qoidalari haqida tushunchalar beish.
- tadbirni tartibli o‘tishini ta'minlash maqsadida, maktab hududida joylashgan mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillarini jalb etgan holda tashkil etilsin.
-o‘quvchilar havfsizligini ta'minlash vazifalari sinf rahbarlari va ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Yig‘ilish raisi: Sh.Aralliyev
Do'stlaringiz bilan baham: |