Muhammad Yusuf haqidagi asarlar, xotiralar bibliografiyasi
1. S. Mirvaliev. "O`zbek adiblari". Toshkent, "Fan",1993yil.
2. Q.Umurov. "Adabiyot nazariyasi". Toshkent, "Sharq", 2002yil.
3. O`zbek adabiyoti tarixi.-Darslik,11sinf uchun, 2003yil.
4. O`zbek adabiyoti.-Darslik, 6 sinf uchun, 2002 yil.
5. Shoirlarga bir juft savol.-"O`zbkiston adabiyoti va san'ati" gazetasi, 1990 yil, 5yanvar.
6. Men qo`shiq yozmayman. .-"O`zbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi, 1992 yil, 23 son.
7. Yangi yil kattami, Navo`zmi?. -"O`zbkiston adabiyoti va san'ati"gazetasi, 1993yil, 5 mart.
8. Shoirni xotirlab. -"Erudit" gazetasi,2003 yil,9 bet.
9. Muhammad akaning uyida yozilgan dissertatsiya. -"Darakchi" gazetasi,2003yil,24 iyul.
10. Zamira Eshonova. Ildizi nahd yurakda. -"Yoshlik" jurnali,1987yil,2-son,75bet.
11. So`zini o`qib,o`zini sog`inamiz.-"Sug`diyona" gazetasi,2003yil,8may.
12. Onangizni ko`nglini oling.-"Saodat" jurnali,2000 yil,6-son.
13. Qo`shiq millat qalbi.-" O`zbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi,1999 yil, 18iyun.
14. Ortda qolgan iz... -"O`zbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi, 2003yil,9 may.
15. Sog`inch satrlari. -"O`zbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi, 2003yil,21 noyabr.
16. har kim har kuni eslashi lozim qarz. - "Zavafshon" gazetasi, 2002yil, 19 noyabr.
17. Barkamol ijodga da'vat. -"O`zbekiston adabiyoti va san'ati"gazetasi,1998 yil, 4sentyabr.
18. Menday xokisorni ko`rolmaslar qancha...- "Darakchi" gazetasi, 2003yil,4 mart.
Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 55yilligiga bag`ishlangan "Ulug`imsan Vatanim" deb nomlangan adabiy-musiqiy kechaning ssenariysi.
(60 daqiqaga mo`ljallangan)
Tadbir o`tkaziladigan zal bayramona bezatiladi. "Muhammad Yusuf 55 yoshda"mavzusida kitob ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Ko`rgazmaga shoirning chop etilgan kitoblari, gazeta va jurnallarda u haqida bosilgan maqolalardan namunalar shu bilan birga shoirning fotosuratlari qo`yiladi. Kechaga shoirning yaqinlari, yozuvchi va shoirlarni, adabiyot fani o`qituvchilarini ham taklif qilish mumkin. Zalda Muhammad Yusuf she'rlari asosida dilkash qo`shiq yangrab turadi.
Tabdirni o`tkazishdan oldin ishtirokchilarga she'rlar bo`lib beriladi.
Boshlovchilar adabiy kechani ochiq deb e'lon qilib, kechaga tashrif buyurgan mehmonlarni va ishtirokchilarni qutlaydilar.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum jondan aziz, qadrli mehmonlar!
2-boshlovchi: Assalomu alaykum she'riyatga oshno qalblar!
1-boshlovchi: Bugungi bayram kechamiz O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini eshitmagan, loaqal u yozgan she'rlarning bir satrini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi: Zabardast shoirimiz xayot bo`lganlarida hozir 55 yoshni qarshilagan bo`lar edilar, ming afsuski sevimli shoirimiz muhlislarining yuragini o`rtab ketdi. U kishi oramizda yo`q, ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she'riyat bor.
1-boshlovchi: Bu she'riyat aslo zavol ko`rmaydi. Shoirdan chinakam, betakror ijodiy meros qoldi. Xaqiqiy ma'nodagi barhayotlik, zavol bilmaslik Muhammad Yusuf ijodiga ta'luqli desak xato qilmaymiz.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, qovunchi qishlog`ida, dehqon oilasida dunyoga keladi. 1974 yilda Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi. 1978-1980 yillar Respublika kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillar esa "Toshkent oqshomi" gazetasida ishlagan.
1-boshlovchi:1986-1992 yillar G`afur g`ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, 1992-1995 yillar "O`zbekiston ovozi" gazetasida ishlagan.
1995-1996 yillar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o`qigan. 1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo`lgan. 1997 yildan to vafoti gacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf atalmish shoir ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari, xokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo`lsa, shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yig`latadigan, o`ylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan she'ru qo`shiqlari bilan yashab qoladi.
1-boshlovchi: Shoirning ilk to`plami "Tanish teraklar" nomi bilan 1985 yilda nashr etildi. 1987 yildan to 2004 yilga qadar uning "Bulbulga gapim bor", "Iltijo", "Uyqudagi qiz", "Xalima enam allalari", "Ishq kemasi", " Ko`nglimda bir yor", "Bevafo ko`p ekan", "Erka kiyik", "Yolg`onchi yor", "Osmonimga olib ketaman", "Saylanma" kabi asarlari nashr qilingan.
2-boshlovchi: Azizlar keling sizlarni bugungi kechamizga tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirib o`tsam, ular Muhammad Yusufning eng yaqin insonlari va taniqli shoir va yozuvchilarimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |