Qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblash va to'lash tartibi. Soliqlar bu


Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi



Download 47,75 Kb.
bet4/4
Sana20.07.2022
Hajmi47,75 Kb.
#826474
1   2   3   4
Bog'liq
Қўшилганмқиймат солиғи

Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni qo‘shgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi:
1) tovarlarning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatini;
2) tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i va bojxona bojini.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari ushbu hududga olib kirilayotganda soliq bazasi bunday qayta ishlashning qiymati sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bir nomdagi, turdagi va markadagi tovarlarning har bir guruhi bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bir turkumi tarkibida bir vaqtning o‘zida ham aksiz to‘lanadigan, ham aksiz to‘lanmaydigan tovarlar mavjud bo‘lsa, soliq bazasi mazkur tovarlarning har bir guruhiga nisbatan alohida aniqlanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar turkumi tarkibida bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari mavjud bo‘lsa, soliq bazasi xuddi shunday tartibda aniqlanadi.
Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) soliq to‘lovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni (xizmatlarni) aksizlar (aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.
Soliq agentlari deb ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlarning (xizmatlarning) xaridorlari (ularni oluvchilar) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari e’tirof etiladi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan chet el yuridik shaxslari bilan hisob-kitoblarda O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalari topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki boshqa vositachilik shartnomalari asosida ishtirok etsa, bunday shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi. Mazkur hollarda soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan bunday tovarlarning aksizlar (aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 282-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan chet el yuridik shaxslari realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga yoki O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslariga topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki shunga o‘xshash shartnomalar asosida elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq agentlari deb e’tirof etiladi/
O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir har bir operatsiya amalga oshirilganda soliq bazasi ushbu bo‘limning qoidalari hisobga olingan holda alohida aniqlanadi.
soliq agentlari deb e’tirof etiladigan shaxslar tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, soliq to‘lovchidan, u soliq to‘lovchi ekanligidan yoki soliq to‘lovchi emasligidan qat’i nazar, uni ushlab qolishi va budjetga o‘tkazishi shart.
Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet ellik shaxslar tomonidan soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar bo‘yicha soliqbazasi soliq agentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va budjetga o‘tkazishi shart.
soliqning to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq to‘langan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi.
Soliq stavkalari soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilanadi.
Soliq Kodeksning 36-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq stavkasi 0 foiz miqdorida belgilanadi.
Ushbu Kodeksning 39-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, bir oy soliq davridir.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Soliq Kodeksning 247 — 257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo‘lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko‘paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o‘zgartishlar hisobga olingan holda har birsoliq davrining yakunlariga ko‘ra hisoblab chiqariladi.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqbazasining soliq stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi to‘rtinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir guruhi bo‘yicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri bo‘yicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qo‘shish orqali hisoblab chiqariladi.
To‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi
Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari bo‘yicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘idagi soliq summasi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga to‘lanadi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi salbiy bo‘lsa, soliq to‘lovchi mazkur summaning o‘rnini ushbu Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega bo‘ladi.
Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.
Soliq Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliqhisobida turilgan joy bo‘yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘ida soliq ushbu bo‘lim qoidalari hisobga olingan holda, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda budjetga to‘lanadi.
Soliq agentlari soliqni o‘zi soliq hisobida turgan joy bo‘yicha to‘laydi. Soliq to‘lovchilar bo‘lmagan soliq agentlari o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliqorganlariga tegishli soliq hisobotini ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalariga muvofiq to‘lash amalga oshirilgan o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart.
Soliq hisobotiga soliq to‘lovchining xaridlar reyestrida va sotuvlar reyestrida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritiladi;
shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni ko‘zlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar daftarlaridagi ma’lumotlarni ham belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etishi shart. Agar bunday shaxslar soliq to‘lovchilar bo‘lmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida operatsiyalarni yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni jo‘natuvchining) manfaatlarini ko‘zlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan ma’lumotlarni kiritadi.
Xaridlar va sotuvlar reyestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda hisobvaraq-fakturalar qoida tariqasida elektron ko‘rinishda rasmiylashtirilishi belgilangan. 2020 yil 1 yanvardan boshlab tovarlarni (xizmatlarni) sotishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda taqdim etishi va qabul qilishi shart. Soliq to‘lovchilar elektron hisobvaraq-fakturalar operatorini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlashlari mumkin. Shu bilan birga, elektron hisobvaraq-fakturalarning alohida operatorlari 2020 yil boshida o‘z xizmatlarini bepul taqdim etadilar. Ko‘p sonli soliq to‘lovchilarni elektron hisob operatorlariga ulash zarurati tufayli, 2020 yil 1 iyulga qadar soliq organlari belgilangan tartibni buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llamaydilar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash bo‘yicha o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda 2020 yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:
a) QQSni hisoblab chiqish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi. Bunda, soliq to‘lovchilar QQSni hisoblab chiqish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibidan umumbelgilangan tartibga o‘tganda, ular 2020 yil 1 yanvar holatidagi tovar-moddiy zaxira qoldiqlari bo‘yicha QQS so‘mmasini hisobga olishi mumkin. Masalan, 2019 yilda soddalashtirilgan tartibda QQSni to‘lovchi korxona 2020 yilda 15 foizlik stavkada to‘lovchi bo‘ladi. 2020 yilning 1 yanvar holatiga korxonaning balansida qo‘yidagilar mavjud: QQS bilan sotib olingan 100 mln.so‘mlik tovar-moddiy zaxiralari, shu jumladan, oxirgi 12 oyda sotib olingan tovar-moddiy zaxiralari, ya’ni 2019 yilning 1 yanvaridan 31 dekabrigacha 80 mln.so‘mni tashkil etadi; QQS bilan sotib olingan qoldiq qiymati 200 mln. so‘mlik asosiy vositalar, shu jumladan, 2019 yilda sotib olingan asosiy vositalar qoldiq qiymati 50 mln. so‘mni tashkil etadi; 300 mln.so‘mlik qurilishi tugallanmagan obyekt, shu jumladan 2019 yilda mazkur qiymatga kiritilgan QQS bilan sotib olingan tovar va xizmatlar 150 mln.so‘mni tashkil etadi. 2020 yil 1 yanvar holatiga korxona 80 mln. so‘mlik tovar-moddiy zaxiralari qoldiqlari, 50 mln. so‘mlik qoldiq qiymat bilan asosiy vositalari va 150 mln.so‘mlik qurilishi tugallanmagan obyekt qiymatiga kiritilgan tovar va xizmatlariga to‘g‘ri keladigan QQS so‘mmasini hisobga olishi mumkin: Bunda QQS so‘mmasi tovar-moddiy boyliklar va xizmatlar sotib olinganda mol yetkazib beruchilar tomonidan ko‘rsatilgan stavkaga muvofiq ular qiymatini kamaytiradi.
b) aylanmadan soliq to‘lovchilarning QQSni ixtiyoriy ravishda to‘lash imkoniyati. Quyidagilar tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromad miqdori ko‘rsatkichidan qat’iy nazar QQS to‘laydilar:
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
aksiz osti tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi va (yoki) foydali qazilmalarni qazib oluvchi yuridik shaxslar;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – ularda 50 gektar va undan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari mavjud bo‘lganda;
benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar; lotereyani tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha – oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
vakolatli organning xulosasi chiqarilgan tugallanmagan ishlab chiqarish obyektlari va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslar;
markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurilishini (joriy va mukammal ta’mirlashdan tashqari) bajaruvchi yuridik shaxslar. Uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha bir martalik hisobga olish, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha ularni sotib olishda QQSni aylanma mablag‘lardan foydalanishni cheklovchi 12 va 36 oylik davrlarga ajratmasdan, to‘liq hisobga olishi mumkin. Bunda, sotib olingan uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha hisobga olinmagan va 2020 yil 1 yanvardan 4410 “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha avans to‘lovlari (turlari bo‘yicha)” debeti bo‘yicha QQS so‘mmasi 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlar bo‘yicha)” debetiga to‘liq hisobga olinadi. Ushbu qoida faqat 2019 yilda sotib olingan uzoq muddatli aktivlarga nisbatan qo‘llaniladi (QQS bo‘yicha hisobga olish huquqi 2019 yil 1 yanvardan keyin berilgan).
Download 47,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish