Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i reja



Download 142,06 Kb.
bet6/10
Sana27.05.2023
Hajmi142,06 Kb.
#944898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i reja

(F x A) / 100,
bunda
F – tayyor mahsulot tarkibidagi spirt (o‘tkirligi), foizlarda (undan spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat’i nazar);
A – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda.
Tayyor mahsulot birligiga aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo‘yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, etil spirti, pivo, o‘simlik (paxta) yog‘i va tamaki mahsulotlari)
S x A,
bunda:
S – tegishli o‘lchov birliklarida sotilgan mahsulotning fizik hajmi;
A – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda. Boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha,
(O x A) / 100,
bunda
O – o‘z ichiga aksiz solig‘ini oladigan narx, QQSsiz;
A – aksiz solig‘i stavkasi, foizlarda.
Aksiz markalari bilan markalangan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi. Bunda aksiz markazlarining nominal qiymati aksiz solig‘ini to‘lash hisobiga kiritilmaydi.
Alkogolli mahsulot bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘i summasi belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblab yozilgan soliq summasi bilan “Uzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish jamgarmasi hisobvaragiga (keyingi o‘rinlarda “O‘zvinosanoat-xolding”XK maxsus hisob-varagi) o‘tkaziladigan soliq so‘mmasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi.
Tegishli hisobot choragi uchun korxona bo‘yicha hamda umuman respublika bo‘yicha alkogolli mahsulot bo‘yicha aksiz solig‘ining belgilangan prognoz qiymatlari bajarilmaganda yoki ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha boqimanda mavjud bo‘lganda “O‘zvinosanoat - xolding”XK maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan soliqning bir qismi yoki hamma summasi yetishmaydigan summa miqdorida byudjetga o‘tkaziladi va soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘ida hisoblangan soliq summasi sifatida aks ettiriladi.
Aksiz solig‘ini “O‘zvinosanoat-xolding”XK maxsus hisobvarag‘iga to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O‘zvinosanoat-xolding”XKga tegishli bo‘lgan aksiz solig‘i summasi, basharti korxona alkogolli mahsulotga doir aksiz solig‘i bo‘yicha to‘lovlarning belgilangan prognozlarini bajargan va unda ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha boqimandalar mavjud bo‘lmasa, kompaniyaning maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
Davlat soliq xizmati tuman organlarining rahbarlari korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari bilan, ular bo‘lmaganida esa tuman (shahar) hokimiyatlari moliya bo‘limlari bilan hamkorlikda hisobot oyining yakunlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 5-kuniga qadar aksiz solig‘i bo‘yicha to‘lovlar prognozlarining bajarilganligi hamda umuman olganda ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha byudjet oldida boqimandaning bor-yo‘qligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar. Dalolatnomalarning ko‘chirma nusxalari hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar Moliya Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Aksiz solig‘i bo‘yicha belgilangan to‘lovlar prognozlari bajarilgan hamda umuman olganda ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha byudjet oldida boqimandalar bo‘lmagan taqdirda korxona hisobvarag‘ida to‘plangan summa, xizmat ko‘rsatadigan bank uchun asos bo‘lib hisoblanadigan dalolatnomaga asosan, hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay korxona tomonidan “O‘zvinosanoat-xolding”XKning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Korxona tomonidan aksiz solig‘i bo‘yicha belgilangan to‘lovlar prognozlari bajarilmagan hamda umuman olganda uning ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha byudjet oldida boqimandalari bo‘lgan taqdirda, yetishmayotgan summa dalolatnomaga asosan korxonaning hisobvaragida to‘plangan summa hisobidan byudjetga undiriladi, to‘plangan so‘mmaning qolgan qismi esa dalolatnomaga asosan “O‘zvinosanoat-xolding”XKning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
O‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha - belgilangan tartibga muvofiq oziq-ovqatda ishlatiladigan o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha, bundan salomas va “O‘zbekiston” yog‘ini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog‘ mustasno, byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘ining summasi bo‘lib umumbelgilangan stavka bo‘yicha
hisoblab chiqilgan soliq summasi bilan maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladigan soliq summasi o‘rtasidagi farq hisoblanadi.
Bunda aksiz solig‘i summasi, korxona tomonidan belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilgan va o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha aksiz solig‘iga doir boqimandalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, maxsus hisobvaraqqa yo‘naltiriladi.
Maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladigan aksiz solig‘ining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tozalangan o‘simlik (paxta) yog‘i ishlab chiqaradigan korxonalar ularga xizmat ko‘rsatadigan bankda belgilangan miqdorda hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘ini to‘lash bo‘yicha alohida hisobvaraq ochadilar, u korxonaning ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga har o‘n kunda, aksiz solig‘ini to‘lash muddatlaridan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Davlat soliq xizmati tuman organlarining rahbarlari korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari bilan hamkorlikda, ular bo‘lmagan taqdirda esa tuman (shahar) hokimiyatlarining moliya bo‘limlari rahbarlari bilan hamkorlikda hisobot oyining yakunlari bo‘yicha, hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay, aksiz solig‘i bo‘yicha boqimanda yoki ortiqcha to‘lov summasini aniq ko‘rsatgan holda prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar.
Aksiz solig‘i bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilgan va unga doir boqimanda bo‘lmagan taqdirda korxonaning maxsus hisobvarag‘ida to‘plangan summa dalolatnoma asosida hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi.
Belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagan yoki aksiz solig‘i bo‘yicha boqimanda bo‘lmagan taqdirda yetishmayotgan so‘mma dalolatnoma asosida korxona hisobvarag‘ida to‘plangan summa hisobiga byudjetga undiriladi, to‘plangan summaning qolgan qismi esa maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi.
O‘simlik (paxta) yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus hisobvaraqlarida to‘plangan pul mablag‘lari qat’iyan maqsadga ko‘ra ishlatiladi, ya’ni maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi.
Soliqqa tortishdan bo‘shatib olingan mablag‘lardan maqsadga ko‘ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 6-kunidan kechiktirmay, maxsus hisobvaraqda to‘plangan mablag‘lar konvertasiyaga yo‘naltiriladi. Konvertatsiyalangan mablag‘lar ikki bank kuni mobaynida hukumat kafolati bilan jalb etilgan kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi kerak.
Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan miqdorda hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘ining kelib tushishi va ko‘rsatilgan mablag‘larni kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirish to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi.
Aksiz solig‘ini o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining boshliqlari, Davlat soliq xizmati hududiy organlarining rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining o‘simlik yogi ishlab chiqaruvchi korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari zimmasiga yuklanadi.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘i hisob-kitobiga misol, bundan salomas va “O‘zbekiston” yog‘i ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yog‘ mustasno.
Unga doir aksiz solig‘i O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan xom ashyodan (mahsulotdan) aksizlanadigan tovar ishlab chiqarilgan taqdirda, xom ashyo (mahsulot) bo‘yicha to‘langan aksiz solig‘i summasi ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi, balki tayyor mahsulotning sotilgan hajmi bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘i summasini aniqlash chog‘ida hisobga olinishi kerak.
Hisobga olinadigan aksiz solig‘i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun aksizlanadigan xom ashyo (mahsulot) yetkazib beruvchilar hisobvaraq fakturalarda yuklab jo‘natilgan xom ashyo (mahsulot) bo‘yicha aksiz solig‘i so‘mmasini ajratib ko‘rsatishlari kerak. Agar xarid qilinayotgan aksizlanadigan xom ashyo (mahsulot) bo‘yicha aksiz solig‘i so‘mmasi hisobvaraq- fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u hisob-kitob yo‘li bilan hisoblab chiqarilmaydi va tayyor mahsulot bo‘yicha hisobga olinmaydi.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, hisobot davri mobaynida haqiqatda kelib tushgan uchun olingan hisobvaraqfakturalarda ko‘rsatilgan aksiz solig‘i summasi xarid qilinadigan vino materiali bo‘yicha tartibdan istisno tarzida hisobga kiritiladigan soliq summasi bo‘lib hisoblanadi.
Aksiz solig‘ini hisoblashning quyidagi stavkalari mavjud:
qat’iy (maxsus) soliq stavkasi – soliqqa tortish obyektiga nisbatan mutloq qiymatlarda aniqlanadi.
advalor stavka – o‘lchov birligiga nisbatan foizlarda hisoblanadi.
kombinatsiyalashgan soliq stavkasi – soliq stavkalari aralash shaklda qo‘llaniladi.

Download 142,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish