Qoʻshilgan qiymat
soligʻi
Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala
jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat
byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga
kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi M. Lore tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-
yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan.
Oʻzbekistonda
1992-yildan boshlab
qoʻllaniladi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish va import qilish aylanmasi Qoʻshilgan qiymat
soligʻis. solinadigan obʼyekt hisoblanadi. Sotish boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga
tortiladigan aylanma sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, narxlar va
tariflarni, aksiz soligʻini hisobga olgan holda belgilanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obʼyektining turiga qarab,
oʻziga xos usulda aniqlanadi. Mas, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining
qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, i.t., konstruktorlik, texnolo-gik, qayta taʼmirlash
va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladi. Xizmatlar
koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida baja-rilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik
haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obʼyekti boʻladi. Aksiz
toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obʼyekti joʻnatilgan
aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida
Qoʻshilgan qiymat soligʻis. asosan, 15,0 % li stavka boʻyicha un-diriladi. Shuningdek, ijtimoiy
ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis
kamayti-rilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻis boʻyicha toʻlovlar soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etilgan
muddatdan soʻng 5 kun orasida davlat byudjetiga oʻtkaziladi. Shuningdek, Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun Qoʻshilgan qiymat
soligʻisni toʻlashning boshqa muddatlarini ham belgilashi mumkin. Import qilinayotgan
tovarlar boʻyicha Qoʻshilgan qiymat soligʻis bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki
rasmiylashtirish paytida toʻlanadi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻisni undirish va toʻlash tartibqoidalari Oʻzbekiston Respublikasining
„Soliq kodeksi“ (65—79-moddalari) bilan tartibga solinadi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Qo%C
A%BBshilgan_qiymat_solig%CA%BBi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Qo
ʻ
shilgan_qiymat_solig
ʻ
i&ol
did=2444002
" dan olindi
Soʻnggi tahrir 3 oylar avval
Malikxan
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |