Qorovulbozor tumani



Download 48,06 Kb.
bet2/2
Sana30.12.2021
Hajmi48,06 Kb.
#98251
1   2
Bog'liq
qorovul bozor

Qorovulbozor tumani — Buxoro viloyatidagi tuman. 1993 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. Janubidan Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani, gʻarbdan Olot, shimolidan Buxoro tumani, sharqdan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Transport yoʻli stansiyasi. Maydoni 2,2 ming km2. Aholisi 13,9 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qorovulbozor), 3 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻzachi, Jarqoq, Navbahor) bor. Tuman markazi — Qorovulbozor shahri

Qorovulbozor tumani
Караулбазарский район


tuman

Tarkibida

Buxoro viloyati

Maʼmuriy markazi

Qorovulbozor

Asos solingan sanasi

1993

Hokim

Ostonov Akmal Anvarovich[1]

Rasmiy tillar

Oʻzbek



Soat mintaqasi

UTC+5




Tabiati. Qorovulbozor tumani relyefi, asosan, tekislik boʻlib, adir, qir va qumli choʻl, barxanlar, taqir, shoʻrxoklardan iborat. Tuproqlari oʻtloqi boʻz, qumoq boʻz, choʻl qumli, sur-qoʻngʻir, taqir boʻz tuproqlar. Janubida shoʻrxoklar katta maydonni egallaydi. Jarqoq, Saritosh, Setalantepa platolari hududida och boʻz tuproqlar tarqalgan. Yer osti sizot suvlari yer yuzasiga ancha yaqin. Qorovulbozor tumani hududida tashlama suvlardan Devxona, Xadicha koʻllari hosil boʻlgan. Tumandagi Saritosh, Jarqoq, Setalantepa kabi tektonik kichik burmalarda gaz va neft zaxiralari, qurilish materiallari (gips, ohaktosh va boshqalar) bor. Iqlimi subtropik belgilarga xos choʻl ikdimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2°, eng past temperatura —22, —24°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,3°. eng yuqori temperatura 45, 46°. Vegetatsiya davri 208 kun. Yillik yogʻin 150–155 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan boyalich, isiriq, kovrak, yantoq, shuvoq, singren, saksovul, qandim, rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan taroq barmoqli koʻshoyoq, qar-soq tulki, ingichka barmoqli yumron-qoziq, tolay quyon, boʻri, dasht tosh-baqasi, malla yumronqoziq, sugʻur, sassiqkoʻzan, qumsichqon, qum boʻgʻma iloni, charx ilon, choʻl mushugi; qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar va boshqa bor. Tumandagi xoʻjaliklar yerlari Amu — Buxoro mashina kanalidan suv oladigan Doʻstlik va Qorovulbozor magistral kanallaridan sugʻoriladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, rus, turkman, tatar, ozarbayjon, arman, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 6,3 kishi. shahar aholisi 9,5 ming kishi, qishloq aholisi 4,4 ming kishi (2005).

Xoʻjaligi. Tuman sanoatining rivojlanishi Setalantepa, Saritosh, Oʻrtabuloq, Koʻkdumaloq kabi gaz va neft konlarining ochilishi bilan bogʻliq. Tumanda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, texnik jihozlarni yigʻish va butlash boshqarmasi, 2 avtokorxona, qurilish korxonalari, bir qancha aksiyadorlik jamiyatlari, MTP, neft quyish tarmogʻi, dehqon bozori, novvoyxonalar bor. 7 shirkat, 2 ijara xoʻjaligi, 44 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. 6,4 ming gektarda "Qorovulbozor" oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Bu yerda 20 xilga yaqin mevali, manazarali va yogʻochbop daraxtlar oʻstiriladi. Tumanda jami 14,3 ming ga yer sugʻoriladi, shu jumladan, 6 ming ga yerga paxta, 6,5 ming ga yerga don, shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. 10 ga yer bogʻlar bilan band. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 4,2 ming qoramol (shu jumladan, 1,4 ming sigir), 6,8 ming qoʻy va echki, 7,2 ming parranda boqiladi. Qorakoʻl terisi tayyorlanadi.

7 umumiy taʼlim maktabi (3,2 ming oʻquvchi), bolalar musiqa, sport maktablari, biznes maktabi, kasb-hunar kolleji, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, 2 klub muassasasi, 4 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, yoshlar markazi majmui bor. Ashula va raqs, folklor-etnografik dastalari mavjud. "Goʻzal" sport sogʻlomlashtirish majmui, markaziy stadion, tennis korti, "Delfin" suzish havzasi va boshqa sport inshootlari ishlab turibdi. tuman markaziy kasalxonasi, markazii poliklinika, 3 qishloq vrachlik pun-kti, 2 feldsher-akusherlik punkti, tez tibbiy yordam punkti, 15 sogʻlomlashtirish punkti, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 43 vrach, 180 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. "Lola" bolalar sanatoriysi bor.



Tuman hududidan oʻtgan temir yoʻl 1916 yilda qurilgan. Bu yerdan Kogon, Qarshi, Kitob, Gʻuzor, Termiz yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashuvchi poyezdlar oʻtadi. Tumandagi avtomobil yoʻllar uz. 88 km, shu jumladan, xalqaro ahamiyatdagisi 53 km. Buxoro — Qarshi avtomobil magistrali oʻtgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Qorovulbozor va Boʻzachidagi qad. sardobalar (16-asr) saqlangan. 1993 yildan "Qorovulbozor tongi" tuman gaz. nashr etiladi.
Download 48,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish