Qoraqalpoqiston qishloq xo’jaligi va qishloq xo’jalik texnologiyalar instituti



Download 59,36 Kb.
bet4/4
Sana07.12.2022
Hajmi59,36 Kb.
#880589
1   2   3   4
Bog'liq
Yumutbayev alisher O\'zbek tilini sohada qo\'llanish

Tayanch so‘z va iboralar : ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan bog‘liqligi, «Devonu lug‘otit turk», sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo‘llari, o‘zlashtirish, milliylashtirish, «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan keyingi o‘zgarishlar, dubletlar, parallellar, o‘rin egallash, xalqaro atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so‘z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb-hunar atamalari, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinasiya.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.





«Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda. – deb qayd etishadi «O‘zbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar.
Agar masala shu taxlitda qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo‘lar edi. Gap terminning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, kasb-hunar leksikasning ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo‘q. …termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi».
Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqyea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to‘xtalamiz.
O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertasiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. Tunyuqo‘q, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud bo‘lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko‘raylik:
Chag‘ri berib qushlatu,
Toyg‘an izib tishlatu,
Tilki, to‘ng‘iz toshlatu
Ardam bila o‘klalim.
Mazmuni: (Yigitlarga) chag‘ri (ov qushi) berib qush ovlaylik, Ov itini (qushlarning) izidan solib tishlataylik. Tulki, to‘ng‘iz(lar)ni tosh bilan uraylik, Yutuqlarimiz bilan maqtanaylik. Yana:
Yigitlarig ishlatu,
Yig‘ach yamish irg‘atu.
Qulan, kiyik avlatu,
Bazram qilib avnalim.
Mazmuni: Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik, Qulon, kiyik ovlataylik, (So‘ng) bayram qilib ovunaylik.
Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, kamon, o‘q, otish, mergan, merganlik, eshkak, kema, suzish, o‘zish, o‘yin, tepish, tepki, to‘p, to‘r, chovgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shohmot/shaxmat, shoh/shax, farzin, rux, fil, ot/asp, piyoda/sipoh, mot, pot/pat, dona, oq, qora, katak, qanot, yurish, kisht, hujum singari ko‘plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.
Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tib O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o‘rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonda ham sanoatning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Falsafa, huquq. tarix, filologiya, sosiologiya, ximiya, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo‘lganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, H.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.

Atamalarni dastlab ikki katta gurhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi:



  1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.

  2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.




Umumiy

Xususiy



Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli bo‘lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo‘llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani holda, gravitasiya, diod, termoster, kondensasiya, kopillyar hodisalar singari atamalar yoki ximiyaga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qo‘llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalilari va sohalarida kuzatish mumkin.
O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan bironta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g‘ri keladi. «Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi».
E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog‘i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:
1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, imlo, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohat, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
2. Forscha-tojikcha: bastakor, doya, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
3.Ruscha-baynalmilal: abzas,agronomiya, agroximiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realizm, romantizm, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
a)lotincha: abbreviasiya, abstrakt ot, agglyutinasiya, adverbializasiya, adyektivasiya, akkomodasiya, aktualizasiya, aksentologiya, alliterasiya, alternasiya, areal, artikulyasiya, assimilyasiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
b) yunoncha: allegoriya, allomorf, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonim, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.

Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.


Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun iqtisodiy terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarni o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Fanning yana bir maqsadi hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan iqtisodiy terminlarni to‘plash va sistemalashtirishdan ham iboratdir.
Hozirgi bosqichda, ya’ni yuqori saviyadagi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmet va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal etish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:
1) termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”.
Yuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati haqidagi, ya’ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini keltirdik.
Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda.
Agrar soha (agrokimyo va agrotuproqshunoslik, agronomiya, o’simliklarni himoya qilish, o’simliklar va qishloq xo’jaligi maxsulotlari karantini, zooinjeneriya, o’rmonchilik, mevachilik va uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik va h.zo) haqida ensiklopеdiya asosida to‘liq o‘rganish, ularni nutqda to‘g‘ri qo‘llash va izohli lug‘atdagi ma’nolarini o‘zlashtirish.
Adaptatsiya - biror-bir o‘simlik turning yangi sharoitga
moslashuvi.
Ajurniy - bog‘-parklar va xiyobonlardagi yashil o‘simliklaming shox-shabbalari orasida yorug‘likni bemalol o‘tkazib,nafis ko‘rinish namoyon qilishi.
Alleya - yo‘lovchilar yoki texnika vositalari harakatlanadigan, ikki tomoniga qator qilib ekilgan yashil o‘simliklar majmuasidan iborat yo‘llar.
Arabeski - bog‘-park hududida har xil gul turlaridan kapalaklar yoki arab yozuvlarini eslatuvchi manzarali ko‘rinish hosil qilish. Ular sharsharalar, maysazorlar va yodgorliklar atroflarida tashkil etiladi.
Arka - bog‘-park qurilishida yarim oy yoki yarim doira shaklida toshlardan, g‘ishtdan, Gazon ~ sun’iy usulda Ьафо qilingan maysazor hudud.
Galofitlar — sho‘rxok yer maydonlariga moslashib o‘sa oladigan o‘simliklar.
Dyern — tuproqning chim qatlami o‘sib-rivojlangan qismi.
Dizayn — bog‘-parklarda yashil o‘simlik turlari va gul turlaridan nafis peyzajlar namoyon qilish.
ar va xiyobonlardagi yashil o‘simliklaming shox-shabbalari orasida yorug‘likni bemalol o‘tkazib,
nafis ko‘rinish namoyon qilishi.
Alleya - yo‘lovchilar yoki texnika vositalari harakatlanadigan, ikki tomoniga qator qilib ekilgan yashil o‘simliklar majmuasidan iborat yo‘llar.
Amfiteatr - qadimgi Rim arxitekturasida yarim doira yokiellips ko‘rinishidagi sport inshootlari va bog‘- parklarda tomoshabinlar o‘tiradigan inshoot.
Arabeski - bog‘-park hududida har xil gul turlaridan kapalaklar yoki arab yozuvlarini eslatuvchi manzarali ko‘rinish hosil
Basseyn - ko‘kalamzorlashtirish hududlarida manzarali ko‘rinishda sun’iy usulda qurilgan, bolalaming yoz faslida cho‘milishi uchun tashkil etilgan dam olish maskani.
Besedka — tashrif buyuruvchilar bemalol dam olishi, kitob,gazetalar o‘qishi uchun bog‘-parklarda har xil ko‘rinishda (ochiq yoki yopiq) barpo qilingan inshoot.
Bonsay — past bo‘yli manzarali daraxt va butalardan alohida kompozitsion va miniatyurali ko‘rinish yaratish. Bu, aslida,Yaponiyada milliy san’at darajasida yaratiladi.
Volyer - noyob qushlar yoki hayvonlami bog‘-parklarda saqlash uchun sim to‘siqlar va qamishdan yasab o‘ralgan maydon.
Gazon - sun’iy usulda barpо qilingan maysazor hudud.
Galofitlar — sho‘rxok yer maydonlariga moslashib o‘sa oladigan o‘simliklar.
Dyern — tuproqning chim qatlami o‘sib-rivojlangan qismi.
Dizayn — bog‘-parklarda yashil o‘simlik turlari va gul turlaridan nafis peyzajlar namoyon qilish.
Drenaj — ko‘kalamzor hududdagi yer osti sizot suvlarining me’yorida bo‘lishi uchun quriladigan muhandislik inshooti.
Interyer - bino yoki inshootning ichki hajmi.
Kaskad - bog‘-parklarda suv yo‘nalishlarida sun’iy zinapoyalar shaklida qurilgan inshoot.
Kashpo - sopol, plastmassa yoki yog‘ochdan manzarali ko‘rinishda yasab ichiga gul o‘simliklari ekiladigan guidon.
Ustunsimon krona - shox-shabbalari daraxt tanasiga zich joylashib yuqoriga qarab konussimon shaklga ega daraxt va butalar.
Kolorit - o‘simliklar kompozitsiyasidagi ranglar jilosi.
Landshaft - biror-bir hududdagi arxitektura-qurilish inshootlari, bog‘-park elementlari, suv havzalari va o‘simlik dunyosini tashrif buyuruvchilar nigohida badiiy-kompozitsion ko‘rinish namoyon qilishi.
Lujayka - bog‘-parklarda 0,5-0,7 ga cha bo‘lgan o‘tsimon o‘simliklar bilan qoplangan ochiq maydon.

ADABIYOTLAR RO'YXATI



1. Hozirgi zamon o'zbek tili. Faxri Kamol tahriri ostida. Toshkent, 1957, 253-271-betlar.
2. Shoabdurahmonov Sh., va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 1980, 88-97-betlar.
3. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 1992, 45-49-betlar.
4. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 2003, 76-78-betlar.
5. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. Toshkent, 2006, 449-452- betlar.
6. Rahmatullayev Sh. Orfografiya qoidalari - savodxonligimiz asosi. Toshkent, 1980.
7. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. Toshkent, 1999.
8. Jamolxonov H. Grafika va orfografiya. Ma'ruzalar matni. Toshkent, 1999.
9. Jamolxonov X. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 2005, 101-108-betlar.
10. Begmatov E., Ismatullayev N. O'zbek imlosi. Toshkent, 1979. 11. O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari. Toshkent, 1995.
Download 59,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish