Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpog`iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Qadimgi tarixiy yodgorliklardan bo`lmish Doro I (mil av. 522-486- yillarda podsholik qilgan) qabri ustidagi toshlarga milav. V asrda mixxat bilan o`yib yozilgan bitiklarda Orolbo`yi va Sirdaryoning quyi oqimida yashagan aholi "Saka tigraxauda" (cho`qqi qalpoqli saklar) deb atalgan.
Milodiy II-VIII asrlarda Orolbo`yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashganlar.Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo`shilishi natijasida Orolbo`yida bijanaklar va o`g`uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida VIII-X asrlarda qoraqal-poqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan.
XII asr rus yilnomalarida "Чёрные клобуки", mo`g`illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo`rkli" deb atalgan qavm haqida ma'lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so`zi qoraqalpoqlilar so`zidan kelib chiqqan.
XII asr rus yilnomalarida "Чёрные клобуки", mo`g`illar tarixida "qora malaqayli", sharq manbalarida esa "qora bo`rkli" deb atalgan qavm haqida ma'lumotlar bor. Bu nomlar qoraqalpoqlarga tegishlidir. "Qoraqalpoq" so`zi qoraqalpoqlilar so`zidan kelib chiqqan.
Oltin 0'rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlatlar ajralib chiqqan. Bu davlatlarning biri - XIV asr oxirida tashkil topgan No`g`ay (Mang`it) xonligi edi. Uning chegarasi - Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo`ylaridan Kama daryosigacha bo`lgan hududlarni o`z ichiga olgan.
Binobarin, qoraqalpoqlar ko`chib borib joylashgan hududlar XV-XVI asrlarda No`g`ay xonligi hududiga kirgan. No`g`ay va qoraqalpoq xalqlari o`zaro siyosiy hamkorlikda, birlashmada yashaganlar.
No`g`ay tili tarkibi, fonetikasi va grammatik qurilishi jihatidan qoraqalpoq tiliga juda yaqin. Shu tariqa XVI asrga kelib bir necha urug`lardan iborat qoraqalpoq xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan.
Qoraqalpoqlar olti qabila negizida shakllangan.
Xitoy
Qipchoq
Kenagas
Qo`ng`irot
Mo`yten
Mang`it