Qoraqalpoqlarning asosiy qismi notinch og`ir yillarda Amu va Sirdaryo oralig`idagi bo`sh yotgan yerlarga, Yangidaryo va Quvondaryo bo`ylariga ko`chib kelib yashardilar. Bu yerlar Xiva xonligiga chegara hududlar edi.
Bu yangi yerlar qoraqalpoq xalqining o`ta mashaqqatli mehnati evaziga o`zlashtirilgan. Tarixchi olimlar Yangidaryoda yaratilgan ajoyib sug`orish inshootlari tizimiga - bu qoraqalpoq xalqi qahramonona mehnatining ulug`vorligi xotirasidir, deb baho berganlar.
Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo`yi o`zbeklari (qo`ng`irotlar) bilan yaqinlashuvi yuz bera boshlagan. Orollik o`zbeklar Xiva xonligi markaziy hokimiyati bilan muxolifatda edilar.
Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo`yi o`zbeklari (qo`ng`irotlar) bilan yaqinlashuvi yuz bera boshlagan. Orollik o`zbeklar Xiva xonligi markaziy hokimiyati bilan muxolifatda edilar.
Markaziy hokimiyat qoraqalpoqlarni bo`ysundirmasdan turib orollik o`zbeklarni itoat ettira olmasligini yaxshi tushungan. Bungacha ham Xiva xonligi Orolbo`yi o`zbeklari bilan qo`shni yashayotgan qoraqalpoqlarni bo`ysundirishga bir necha bor uringan edi.
Chunonchi, 1715- yilda Sherg`ozixon shunday harakat qilgan edi. Biroq u o`z maqsadiga erisha olmagan. Faqatgina 1735-yilda Elbarsxon davrida Orolbo`yi o`zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olganlar.

Muhammad Amin inoq davrida ayrim qoraqalpoq qabilalari ixtiyoriy ravishda Xiva xonligi fuqaroligiga o`ta boshlaganlar. Bunga - qabila biylarining o`z shaxsiy hokimiyatlarini shu yo`l bilan saqlab qolishga intilishlari sabab bo`lgan edi.
1809- yilda Amudaryo, Quvondaryo va Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar xonlikka bo`ysundirildi. 1810-1811-yillarda esa Yangidaryo atrofida yashovchi qoraqalpoqlar ham tobe etildi. Shu tariqa qoraqalpoqlarni Xiva xonligiga bo`ysundirish nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, qoraqalpoqlarning Xorazm vohasidagi bo`sh yerlarga o`rnashish jarayoni ham nihoyasiga yetdi.
Qoraqalpoqlar Orol va Quyi Sirdaryo bo`ylarida yashab kelgan qadimgi xalqlardan biri.
Qoraqalpoqlar Orol va Quyi Sirdaryo bo`ylarida yashab kelgan qadimgi xalqlardan biri.
Bijanaklar negizida VIII-XVI asriarda qoraqalpoq xalqi shakllandi.
XVIII asr birinchi choragida Eshimxon yetakchiligida qoraqalpoq xonligi tashkil topadi.