Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot Fakulteti Iqtisodiyot Kafedrasi 2-g guruh Talabasi Allabergenov Otajonning Menejment Fanidan Tayyorlagan Mustaqil Ishi
Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot Fakulteti Iqtisodiyot Kafedrasi 2-G Guruh Talabasi Allabergenov Otajonning Menejment Fanidan Tayyorlagan Mustaqil Ishi
9-MAVZU. KORXONA QUDRATINI BOSHQARISH Reja: 9.1. Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari. 9.2. Boshqaruv samaradorligining mohiyati va me’zonlari. Boshqaruv samaradorligi koʻrsatkichlari. 9.3. Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash. Korxonaning iqtisodiy qudrati. 9.4. Xalqaro darajada boshqaruv.
9.1.Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati koʻproq xorijiy biznesda menejmentnig tarkibiy elementi boʻlgan korxona (bu yerda korxona ostida firma, kontsern, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning toʻgʻri tanlangan strategiyasiga bogʻliq. Strategiyani tanlash oʻz navbatida bir necha omillarga bogʻliq: korxona salohiyati qanday hajmiga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u etakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi; korxona oʻzining oldiga qanday maqsadlar qoʻygan – yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, “oʻrtada” mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish.
Korxona qoʻyilgan maqsadlarga koʻra quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: Korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash; korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash; korxona salohiyati rezervlari va yoʻqotishlarini tahlil qilish; korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha strategiya va taktikani tanlash; tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish.
Indikatorli usul. Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash uchun keng qoʻllaniladi. Masalan, gʻarbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning muvofiq joylashgan erini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun hammadan avval u yoki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini oʻrganadilar. Ushbu maqsadlar uchun “Boshqaruv muammolari boʻyicha Yevropa forumi” (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligi darajasii belgilaydi. Bunda 340 dan ortiq koʻrsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat boʻlgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 9 asosiy omillar kabi guruhdashtiriladi: