Δ S
MPC = ----------- 100
Δ Yd
Bu erda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chegaralangan moyillik.
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko’ra ixtiyordagi daromad 410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MRSni hisoblaymiz.
Δ S =420 - 405 =15; Δ Yd =430 - 410 = 20;
MRS = (15/20) 100=75%;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o’zgarganda iste’mol 75 % (yoki 0,75)ga o’zgaradi.
Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi jamg’arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S
MRS = ------------ 100
Δ Yd
Bu erda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg’arishga o’rtacha moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda:
Δ Yd = 430 - 410 = 20 Δ S = 10 - 5 = 5
MRS = (5/20) 100 = 25%;
Shunday qilib, iste’molga chegaralangan moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo’lsa, jamg’armaga chegaralangan moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o’sgan qismi yoki iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Shu sababga ko’ra iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik ko’rsatkichlari yig’indisi 100%ga yoki koeffitsient ko’rinishida 1ga teng bo’ladi.
MRS + MRS =100% yoki 1.
MRS va MRS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga uchraydilar.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2. Inspeksiya iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Moliya vazirligi deb ataladi) hisobot beradi.
3. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga va xorijiy valyutadagi hisobraqamlariga egadir.
5. Inspeksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi;
b) ingliz tilida — The Inspection of the regulation of alcohol and tobacco market under the Ministry of finance of the Republic of Uzbekistan;
v) rus tilida — Inspeksiya po regulirovaniyu alkogolnogo i tabachnogo rinka pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan.
6. Inspeksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6.
Do'stlaringiz bilan baham: |