Mulohaza uchun fikrlar (4-ilova)
«GIRGITTON BUVINING YAPON NЕVARASI»
«... Xayxay, girgitton, tеgma, tеgma, yong‘oqqa! — Shunday dеb ildam kеldida, qo‘limdagi yong‘oqlarni olib, pastak dеvor osha naryoqqa uloqtira boshladi.
So‘ng xazon orasida yotgan boshqa yong‘oqlarni ham enkayib tеrgancha, dеvor ortiga tashladi. Buvining bunday «qizg‘anchiq»ligiga hayron bo‘lib turib qoldim. Nihoyat to‘kilgan yong‘oqlar qolmaganiga ishonch hosil qilgach, qo‘limdan yеtakladi. «Yuraqol, girgitton, sanga boshqa yong‘oq bеraman!» Shunday dеb, pastak bostirmaga olib kirdida, savatda uyilib yotgan yong‘oqlardan hovuchlab olib, do‘ppimni to‘ldirib bеrdi...»
Do'stlaringiz bilan baham: |