Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) magistranti Tojiboyeva Durdonaxon Mirkomil



Download 19,47 Kb.
bet1/2
Sana10.05.2023
Hajmi19,47 Kb.
#936716
  1   2
Bog'liq
durdonaxon


Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim) magistranti Tojiboyeva Durdonaxon Mirkomil qizining “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasiga
Ilmiy rahbar xulosasi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida juda katta ko‘lamda va keng miqyosda olib borilgan va izchil davom etayotgan o‘zgarishlar, islohotlar samarasi yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.
Ma’lumki, ushbu soha islohotlarining dastlabki bosqichida ikkita asosiy hujjat – O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va ushbu ikki qonun ta’lim sohasini normativ tartibga solish hamda ushbu sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda muhim asos sanaladi. Endilikda guvohi bo‘lib turibmizki, ta’lim sohasida ijtimoiy kafolatlar qonunchilik bilan ta’minlanib, davlat tomonidan qo‘llabquvvatlab kelinmoqda. Bugungi kunda respublikamizda yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab oladigan yagona ta’lim majmuyi mavjud. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga ega. Yangi milliy ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va maxsus o‘quv qo‘llanmalari yaratish orqali ta’lim jarayonining mazmuni tubdan takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida akademik litsey va kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi toifadagi o‘qituvchilarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ayni damda yurtimizda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash jarayoni rivojlanib bormoqda. Shuni alohida qayd etish joizki, ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqeyi oshib, televideniye va radio ta’lim dasturlarining intellektuallashuvi ta’minlangan. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantirildi, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantirilmoqda.
Tojiboyeva Durdonaxonning “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida ona tili faninining rivojlanish tarixi, ushbu fanni yanada takomillashtirish hamda o’quvchilarga tinish belgilardan to’g’ri foydalanishning ular bilan ishlashning qulay va samarali yo’llari imiy tazda asoslab berilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi: kirish, 3 asosiy bob, 9 paragraf, har bir bob yuzasidan xulosa, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Tadqiqot ishining umumiy hajmi 80 sahifadan oshiqni tashkil qiladi.
Tadqiqotning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, o‘rganilganlik darajasi yoritilgan; tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti aniqlangan; tadqiqotning metodologik asosi, ilmiy yangiligi, metodlari, amaliy natijalari, natijalarning ishonchliligi va asoslanganligi, dissertatsiyaning tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

  1. Dissertatsiyaning birinchi bobi “O’zbek tili punktuatsiyasi asoslari” deb nomlangan bo‘lib, 4 fasldan iborat, mazkur bobda ona tili fanining asosiy maqsadi, rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari, boshlang’ich sinf ona tili darslarini tashkil etish texnologiyasi, o’quvchilarda bu fan yuzasidan xosil bo’ladigan kompentensiya haqida ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, ona tili darslarida o’quvchilarning individual qiziqishlarini oshirishi, hamda kelajakda kasb tanlash bilan bog’liq bo’lgan jaayonlarga katta ta’sir ko’rsatishi haqida atroflicha mulohaza yuritilgan.

Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “2-sinf ona tili darslarida tinish belgilarini o’qitish” deb nomlanib u 3 ta fasldan iborat. Ushbu bobda o’quvchilarini tinish belgilarining ahamiyati undan foydalanish metodikasi ishlab chiqarish tarixi va uning turlari bilan tanishtirish; boshlang’ich sinf ona tili darslarida sintaksis va punktuasiyasi bog’lab o’rganish haqida fikrlar yuritilgan.
Dissertatsiyaning uchunchi bobi “Sintaktik mashqlar orqali sinfda o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari tahlili” ekspirement sifatida olingan sinflarda o’tkazilgan tajriba sinov ishlari tahlili yoritilgan.
Tojiboyeva D. tomonidan chop etilgan maqolalar dissertatsiyaning umumiy mazmunidan kelib chiqib yozilgan.
Dissertatsiyada tanlangan mavzu atrolicha yoritilganiga qaramay, unda quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

  1. Imloviy, ishoraviy xatoliklar;

  2. Uslubiy va texnik kamchiliklar;

  3. Foydalanilgan adabiyotlarning betlari aniq qo’yilmaganligi;

Shunga qaramay yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilish mumkinki, Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodiksi (boshlang‘ich ta’lim) 2-kurs magistranti Tojiboyeva Durdonaxon Mirkomil qizining “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida tinish belgilaridan to’g’ri foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida dissertant ko‘zlagan maqsadiga erishgan, ilmiy yangilik yaratgan va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘liq bajara olgan. Ushbu tadqiqot ishi magistrlik dissertatsiyasiyasi nizom talablariga to‘liq javob beradi. Bu tadqiqot ishini “ijobiy” baho olishga loyiq deb hisoblayman.

Download 19,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish