Qo‘qon davlat pedagogika instituti 70110103- ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi II bosqich magistranti Ibroximova Fotimaxon Avazbek qizining “Tа’lim



Download 20,09 Kb.
Sana26.04.2023
Hajmi20,09 Kb.
#932235
Bog'liq
f26



Qo‘qon davlat pedagogika instituti 70110103- Ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi II bosqich magistranti Ibroximova Fotimaxon Avazbek qizining “Tа’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Bugungi kunda jahonda ta’lim xizmatlari sohasi faoliyati funksional samaradorligini ichki imkoniyatlardan foydalanish asosida, xususan, ta’lim xizmatlarini ko’rsatish jarayoniga davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini kiritish, professional va sifat jihatidan yuqori ta’lim xizmatlarini ko’rsatish orqali milliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini ta’minlash asosida sohani tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish borasida qator izlanishlar olib borilmoqda.
Milliy ta’lim tizimini DXSH tamoyillari asosida tashkil etish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikning tashkiliy-iqtisodiy elementlari tarkibidagi moliyaviy dastaklarni takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini ta’minlash, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan ta’lim muassasalari faoliyatini namoyon etuvchi zamonaviy ko‘rsatkichlarni shakllantirish, ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligining istqboldagi prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish borasidagi ilmiy-tadqiqotlarni taqozo etadi. Yurtimizda ham davlat-xususiy sherikligi munosabatlarini shakllantirishga alohida e‘tibor qaratila boshlangani, xususan, “Оʻzbekistonni 2017-2021-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bоʻyicha Harakatlar strategiyasi”ning 3.4.bandining oxirgi xatboshida ustuvor vazifalardan biri sifatida “Davlat-xususiy sherikligini kengaytirish” deb alohida keltirib оʻtilganligi ham bu munosabatlarni оʻrganishning ahamiyatini оʻzida ifodalaydi1.
Yuqoridagi xususiyatlarni inobatga olgan holda “Ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini takomillashtirish” mavzusi ilmiy izlanish mavzusi sifatida kiritilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tadqiqotning maqsadi: ta’lim sohasida davlat- xususiy sherikchilik mexanizmini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik mexanizmining nazariy asoslarini o’rganish;
- davlat-xususiy sheriklikni tashkil qilish va rivojlantirishning prinsiplari hamda ularning ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarini tasniflash;
- davlat - xususiy sheriklik asosidagi ta’lim xizmatlarining ilg’or xorij tajribalarini o’rganish;
- O’zbekistonda ta’lim xizmatlari bozorining rivojlanishi va xizmatlar sifatidagi o’zgarish tendensiyalarini tahlil qilish;
- davlat – xususiy sheriklik asosida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni baholash;
-ta’lim xizmatlari sifatini oshirishda davlat-xususiy sheriklik
mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlarini ko’rsatib berish;
- ta’lim xizmatlari bozorida sifat menejmenti tizimini
joriy etish zaruriyati va rivojlantirish istiqbollarini belgilash.
Dissertatsiya ishi kirish, 3ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy boblari mantiqan o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini taqozo etadi va to’ldiradi. Bu tadqiqot tuzilishining to’g’ri shakllantirilganligini ko’rsatadi.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari,ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari va boshqalar haqida so‘z boradi. Adabiyotlar sharhi orqali ushbu sohada olib borilgan izlanishlar o‘rganilgan.
Birinchi bobda, ta’lim sohasida davlat-xususiy- sherikchilik mexanizmining nazariy asoslari, davlat-xususiy sheriklikni tashkil qilish va rivojlantirishning prinsiplari hamda ularning ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlari, davlat-xususiy sheriklik asosidagi ta’lim xizmatlarining ilg’or xorij tajribalariga doir masalalar ko‘rib chiqilgan hamda batafsil o’rganilib, magistrant tomonidan keng yoritib berilgan.
Ikkinchi bobda O’zbekistonda ta’lim xizmatlari bozorining rivojlanishi va xizmatlar sifatidagi o’zgarish tendensiyalari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan bo’lib, magistrant dissertatsiyada anketa-so’rov usullaridan foydalanib tahlillar olib borgan.
Uchinchi bobda, ta’lim xizmatlari sifatini oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish yo’nalishlari, ta’lim xizmatlari bozorida sifat menejmenti tizimini joriy etish zaruriyati va rivojlantirish istiqbollari ko’rsatib o’tilgan va magistrant dissertatsiya yuzasidan o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarini yoritib bergan hamda o’zining taklif va mulohazalarini keltirib o’tgan.
Ish yakunida muallif o’zining xulosa va takliflarini bildirib o’tgan .
Ibroximova Fotimaxon Avazbek qizining “Tа’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik ishi, magistrlik ishlariga qo’yiladigan talab darajasiga javob beradi, ilmiy, ravon tilda yozilgan.
Ishda ayrim imloviy, uslubiy xatoliklar uchraydi. Ko’rsatilgan kamchiliklar juz’iy ahamiyatga ega bo’lib, qisqa muddatda bartaraf etish imkoniyati mavjud.
Ibroximova Fotimaxon Avazbek qizining “Tа’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi magistrlik ishini mustaqil bajarilgan tadqiqot ishi deb hisoblayman va himoyaga tavsiya etaman.
Yuqoridagi keltirib o‘tilganlarni inobatga olgan holda, Ibroximova Fotimaxon Avazbek qiziga magistrlik dissertatsiyasini davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilishga tavsiya qilaman.

Taqrizchi: N.M.Babayeva
Iqtisod fanlari
nomzodi,dotsent, QDPI


1 Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ―Оʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bоʻyicha Harakatlar strategiyasi tоʻgrisidagi PF-4947-sonli Farmoni, www.lex.uz – milliy qonunchilik bazasi.


Download 20,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish