Shuvoq turkumiga mansub 0‘simliklar chorvachilikda o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.
0‘zbekistonda shuvoqning 39 turi uchraydi. Bular bir yillik hamda ko‘p yillik o‘tlar va yarim butalardir.
Oq shuvoq turon shuvog'i (qora jusan), yovshan shuvoq kabi turlari 0‘zbekistonda keng tarqalgan. Yozning quruq va jazirama kunlarida shuvoqda «yozgi tinim» davri boshlanadi. Kuz kelgach, shuvoqlar yana o‘sa boshlaydi. Sentabrning ikkinchi yarmida gullaydi. Shuvoq savatchalari ro‘vak xilidagi to‘pgulga o‘mashgan. Savatchalaming har birida 5-7 tadan ikki jinsli tilsimon gullar bo'ladi. Mevasi oktabming oxiri yoki noyahming boshida pishadi va to‘kiladi.
Cho‘l o‘tloqlaridagi shuvoqlar qorukod qo'yluri va toyalaming kuzgi hamda qishki asosiy ozig‘idir. Shuvoqlarni o‘rib qish uchun xashak g'amlanadi.
Shuvoqlar bebaho shifobaxsh o‘simlik hamdir. Bunga misol qilib, ermon shuvog'ini ko‘rsatsa boMadi. Uning bargi, poyasi va to'pgulidan tayyorlangan dorilar ilmiy tabobatda kasalliklami davolashda ishlatiladi.
Qoqio'tdoshlurgdi mansub madaniy o‘simliklardan biri moyli kungaboqardir. Uning to‘pguli kun chiqqandan toki botgunga qadar quyoshga qarab buriladi, shuning uchun ham u kungaboqar nomini olgan.
Tabiiy holda uchraydigan dorivor o‘simliklarga bo'ymodaron, boznoch turkumining vakillari kiradi.
Gulzorlarda to qish kelguncha chaman bo'lib ochilib turadigan qashqargui, xrizantcma, qoqongul, kartoshkagul va dastargullar ham qoqio'tdoshlarga mansub madaniy-manzarali o'simliklardan hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, mazkur oilaning 13 turkumga mansub 50 turi 0‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Ulardan 30 tasi karrak turkumiga mansub.
XIV bob. BIR URUGPALLALI О S1MLIKLAR S1NF1
Bir urug'pallali o'simliklar sinfiga 67 oilaga mansub 58000 ga yaqin tur kiradi. 0‘zbekistonda esa ulardan 700 ta turi o‘sadi.
§. LOLADOSHLAR OILASI. Og3+3Ch3+3U(J)
Boychechak, holmon, lola, o!g‘i.
Ilgari loladoshlar oilasiga kirgan piyoz va shirach lurkumlari mustaqil piyozdoshlar va shirachdoshlar oilalariga ajratilgan.
Bu oila dunyoning deyarli hamma qismidagi cho‘l, adir va togMarda o'sadigan 250 turkum va 400 ga yaqin turga mansub ildizpoyali, tubi piyozli yoki tugunakli ko‘p yillik o'tlarni va qisman butasimon o‘simliklami o‘z ichiga oladi.
Bu oila vakillarining barglari oddiy, butun, tekis qirrali, parallel yoki yoysimon tomirli, ko'pchiligining shakli qalami nashtarsimon, tasmasimon yoki ellipssimon bo‘lib, ketma-ket o‘rnashgan. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli, yakka-yakka yoki to‘pgulda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni oddiy, ko‘pincha tojsimon bo‘lib, 6 ta erkin yoki bir-biriga qo'shilgan gulqo‘rg‘on bargchalaridan tashkil topgan. Changchilari ham 6 ta, 3 tasi tashqi, 3 tasi esa ichki halqada o‘mashgan.
Urug‘chisi 3 ta mevabargning qo‘shilishidan hosil bo'lgan. Gul formulasi quyidagicha: OgwCh3+3U(3). Tugunchasi ustki. Mevasi ko'sakcha yoki rezavor meva. Bu oila vakillaridan yana biri lola turkumiga mansub Qizil loladir. U aprelning o\\n-mayning boshlarida adir va tog‘laming quyi qismidagi yonbag‘irlarda ochiladigan yirik gulli, ko'rkam o‘simIik. Bo‘yi 20-45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3- 4 dona, ustida to‘q binafsha rangli dogMari bor. Guli bitta, yirik, sarg'ish- qizil, osti qora dog'li. Changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq, binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo‘linib ochiladigan ko‘sakcha, /jw/da pishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |