YUmshok tog jinslarining kattikligi f=1.5 bulganligi uchun tog jinsini tugridan-tugri kazib olinadi.
Skal tog jinslari kattikligi f=8 bulganligi uchun ushbu tog jinsini burgilash portlatish usuli yordamida kazib olishga tayyorlanadi.
1.2Burg’ulash uskunasi turini tanlash.
Tog’ jinsini qazib olishning portlatish usuli tog’ jinsini massivdan ajratib olish va ularni belgilangan kattalikda maydalashdan iborat. YArim qoyali tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatish usuli bilan yumshatish keng qo’llaniladi. Ushbu usul karerlarda qoyali tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlashning yagona usuli hisoblanadi. Barcha karer jihozlarining ish unumdorligi va kon ishlariga ketgan xarajatlar ma’lum darajada portlatish ishlari sifati va ularni tashkil etishga bog’liqdir.
Skal tog’ jinslari burg’ulash portlatish ishlari yordamida qazib olishga tayyorlanadi. YUmshoq tog’ jinslari esa to’g’ridan to’g’ri massivdan ekskavator yoki boshqa qazib oluvchi mashina orqali qazib olinadi.
Hozirgi kunda ochiq kon ishlarida sharoshkali burg’ulash stanogi keng qo’llanilmoqda. Ushbu usul yordamida 82,5 % burg’ulash ishlari, 15,7 % atroyida shnekli burug’ulash mashinasi yordamida va 1% i zarbli burg’ulash mashinasi yordamida amalga oshiriladi. Qolgan 0,8% urg’ulash ishlari esa termik va zarbli – kanatli burg’ulash mashinasi yordamida amalga oshiriladi.
Tog’ jinsi massivida skvajinalarni burg’ulashda, burg’ulash snaryadi diametri va mehnat unumdorligi turlicha bo’lgan burg’ulash dastgohlari ishlatiladi. Dastgohlarni (burg’ulash dastgohlarini) tanlash esa, tog’ jinsi xususiyatlari, burg’ulash ishlari hajmi va portlovchi skvajinalar parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Zich va yarim qoyali tog’ jinslarini burg’ulashda – kesuvchi koronkali va aylanma burg’ulovchi SBR turdagi stanoklardan foydalaniladi, qoyali tog’ jinslarida – burg’ulash ishlari hajmi katta bo’lganida, sharoshkali burg’ulovchi dasgohlar qo’llaniladi. SHuningdek, o’rta va kam ish unumli karerlarda – zarbli aylanma burg’ulovchi dastgohlar qo’llaniladi. Kristall strukturaga ega bo’lgan o’ta qattiq tog’ jinslarida burg’ulash ishlarini olib borishda, SBO turdagi dastgohlar va o’ta ko’p yoriqli va tarkibida karstlar bo’lgan tog’ jinsi massivlarida – kanatli-zarbli burg’ulash dastgohlari qo’llaniladi.
Konchilik sanoatida portlovchi skvajinalarni burg’ulovchi stanoklar bo’lgan texnik talablar GOST 26698-85 orqali aniqlandi.
Ushbu standart ochiq kon ishlari uchun 3 guruhdagi stanoklarni tavsiya etadi:
SBSH – skvajinani havo yordamida tozalovchi sharoshkali dolotali aylanma burg’ulovchi (sharoshkali burg’ulash) stanok. Burg’ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160 dan 400 mm gacha bo’lgan 5 ta o’lchamli turi mavjud. Tog’ jinsi qattiqligi =618;
SBU – skvajinani havo yordamida tozalovchi zarbli – aylanma burg’ulovchi (pnevmo zarbli) stanok. Burg’ulanadigan skvajinaning shartli diametri 100, 125, 160 mm bo’lgan 3 ta o’lchamli turi mavjud. Tog’ jinsi qattiqligi =1020;
SBR – skvajinani shnek yordamida tozalovchi kesuvchi koronkali burg’ulovchi (shnekli burg’ulash) stanok. Burg’ulanadigan skvajinaning shartli diametri 160, 200 mm bo’lgan 2 ta o’lchamli turi mavjud. Tog’ jinsi qattiqligi =16;
Stanokning shartli belgisiga stanok turi va burg’ulanadigan millimetrdagi skvajinaning shartli diametri kiradi. Masalan: SBSH-320-36 skvajina diametri – 320 mm, skvajina chuqurligi - 36 m.
Ochiq kon ishlarida qattiqligi f=16 bo’lgan tog’ jinslarini burchak ostida burg’ulashda kesuvchi koronkali burg’ulash stanoklari, qattiqligi o’rtacha f=68 bo’lgan tog’ jinslarida sharoshkali burg’ulash stanogi, qiyin burg’ulanuvchi yirik blokli tuzilishga ega qattiqligi f=1020 bo’lgan tog’ jinslarida zarbli – aylanma burg’ulash stanogi qo’llaniladi.
Bizga berilgan topshirik buyicha ishlab chikarish unumdorligi:
Skal tog jinslari uchun 2,7 mln.m3/yil .
Tog jinsi kattikligi f=18 .Karyerning yillik ishlab chikarish unumdorligi va tog jinsi kattikligini xisobga olgan xolda,burgulash stanogini tanlaymiz.Berilgan parametrlar buyicha 5SBSH-200-36 burgulash stanogini tanlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |