QATTIQ YUZANING UMUMIY XOSSALARI
Xar qanday qattiq jismning yuzasi, kristall yoki amorf bo’lishdan qattiy nazar, uning ichki strukturasini spetsifikasini qaytaradi. Shu bilan birga yuza qatlami fizik holati va kimyoviy tarkibiga qarab moddadan xajm bo’yicha farqlanadi.
YUZA QATLAMINING TOZALIGI.
Deyarli barcha qattiq jismlarni yuzasi sorbtsion qobiliyat natijasida turli xil ifloslanish va cho’kmalar hosil bo’ladi. Metallarning ifloslanishiga oddiy sabab – oksidlardir. Tilla, platina va kumushdan tashqari barcha metallarda, oddiy sharoitda oksidli yupqa parda bo’ladi. Temirdagi oksidli yupqa pardaning qalinligi 1,5-15 nm, alyuminda esa 5-20 nm ga ega. Metalning qayta ishlash va saqlash sharoitiga qarab oksidlarning qkalinligi va kimyoviy tarkibi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, temirda uch qavatli oksidli yupqa parda : FeO/Fe3O4/Fe2O3, misda esa ikki qavatli :Cu2O/CuO bo’ladi.
Oksid yupqa parda ega bo’lgan barcha metallarning muqarrar yuldoshi- suvning fizio- xemosorbirlashdir. Metallarning adsorbtsion aktivligiga va havodagi namligiga qarab suv miqdori bir necha monoqavatlargacha bo’lishi mumkin. (rasm 4.1).
rasm 4.1. Metal yuzasini to’zilish sxemasi.
Adsorbirlangan suvning molekulalar aro bog’ning energiyamsi podlojka yuzasidan olib tashlashiga qarab kamayib boradi; qattiq bog’langan qatlam birinchi mono qatlam xisoblanadi. Ko’pgina metallarda fiziosorbirlangan suvning desorbtsiyalanish harorat oralig’i 50-2300S, xemsorbirlangan 250-4300C; temirning yuzasidagi desorbtsiya aktivlanish energiyasi birinchi holatda 38 kDj/mol, ikkinchisida 84 kDj/mol.
Shunday qilib, metalning yuzasiga lok-bo’yoq materialini surtganda deyarli xar doim metal bilan emas balki metalning yuzasidagi kislorodli va boshqa birikmalar va adsorbtsiyalangan suv bilan aloqada bo’ladi.
Yuzaning o’ziga xos xususiyatlarini oynada xam uchratish mumkin. Oynaning yuzasi metallar kabi kremnizemga boy, uning tarkibida vodorodning donori bo’lgan –Si-OH guruxlari mavjud bo’ladi, buning natijasida ruda metallar kechadigan holat kabi suv xemsobrbtsiyalanadi. Suvning adsorbtsiyalangan qavatining qalinligi bir necha nanometrni tashkil etadi, lekin suvning bug’lanib ketishi vakuumda 400-5000C da xam juda qiyin kechadi.
Adsorbirlangan suv ko’pgina qo’rilish materiallar yuzasida xam bo’ladi – beton, shtukaturka, g’isht, tosh. Undan tashqari, ko’pgina qurilish materiallarini yuza qatlami ishqor bilan aloqada bo’lib havodagi dioksid uglerod natijasida karbonatga xam boy bo’ladi.
Organik polimerli substratlarning yuzasi (ter, plastmassa, rezina) asosan polimerlar bilan kirishmaydigan aralashmalar bilan – mumlar va yog’lar, xamda materiallarni qayta ishlashda va sintez jarayonida qo’shiladigan ingredientlar, (katalizator, stabilizator, yuza aktiv moddalar va boshqalar) bilan ifloslanadi. Kristal polimerlar holatida fazolar aro chegarasida quyimolekulali fraktsiya va polimerlanmagan monomerlar siqib chiqariladi. Ifloslatiradigan aralashmalar yupqa qatlam hosil qiluvchi bilan asosiy material o’rtasidagi bog’liqlik borishini qiyinlashtiradi va qoplamaning adgeziyasini mustaxkamligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |