28-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi matnini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan o‘zgartirish
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga o‘zi kiritgan qonun loyihasi matnini qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar o‘zgartirishga haqli.
29-modda. Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan chaqirib olish
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti Qonunchilik palatasiga o‘zi kiritgan qonun loyihasini mazkur loyiha birinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olishga haqlidir. Agar qonun loyihasi bir nechta qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritilgan va mazkur subyektlarning barchasi loyihani chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bo‘lsa, qonun loyihasi chaqirib olingan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |