15-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribani hisobga olish
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari hisobga olinadi, shuningdek qonun bilan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasi o‘rganiladi.
16-modda. Qonun loyihasini tayyorlashda jamoatchilik fikrini o‘rganish
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritguniga qadar jamoatchilik fikrini o‘rganishni, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida o‘rganishni tashkil etishga haqlidir. Qonun loyihasi bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish tartibi va shakli qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |