7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
aholi bandligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
aholi bandligiga ko‘maklashish, shuningdek ishga joylashishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
aholi daromadlarining o‘sishini ta’minlaydigan munosib, unumli va mahsuldor bandlikni rag‘batlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etish bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;
moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnat sharoitlarini yaxshilash choralarini ko‘radi;
aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 8-modda. Aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholi bandligi sohasidagi vakolatli davlat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
aholi bandligi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
aholi bandligi sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
aholi bandligi sohasida davlat boshqaruvi organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyatini hamda hamkorligini muvofiqlashtiradi;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish jarayonlari monitoringini amalga oshiradi;
tarmoqlar va hududlar kesimida ish o‘rinlarini tashkil etishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashishida ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ularning huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelganidan keyin reintegratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;
aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatadi;
ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtiradi;
ishga joylashtirish jarayonlariga ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etadi, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining ishlashini ta’minlaydi;
aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratadi;
Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrini, Kasbiy standartlarning milliy registrini, Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestrini, Akkreditatsiya qilingan malakani baholash markazlarining registrini shakllantiradi hamda yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang. aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(8-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)