Qonuni aholi bandligi to‘G‘risida


-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar



Download 128,53 Kb.
bet34/74
Sana25.02.2022
Hajmi128,53 Kb.
#464581
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
642-qonun(1)

49-modda. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar
Basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi:
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlari qisqarganligi yoxud tashkilot tugatilganligi;
xodim bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra noloyiqligi;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi munosabati bilan bekor qilinsa, xodimlarning ish qidirish davrida o‘rtacha oylik ish haqi ishdan bo‘shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga saqlanib qoladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mulkdor o‘zgarganligi sababli tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterga nisbatan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi bo‘lmaganda esa — bosh buxgalter vazifalarini bajaruvchi xodimga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlarga uch oylik davr tugagach maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz shaxslar deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbi bo‘yicha qayta o‘qitilayotgan yoki malakasini oshirayotgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi.
Mahalliy mehnat organi tashkilotlarning boshqa tashkilotlarda ishdan bo‘shatilgan, ishga qabul qilingan shaxslarning o‘qishini tashkil etishga doir xarajatlarini to‘liq yoki qisman kompensatsiya qilishi mumkin.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida yoki o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra kasb kasalligiga uchrash natijasida ishdan mahrum bo‘lgan hamda ishga joylashishga va kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga muhtoj bo‘lgan shaxslar bo‘shatilgan xodimlarga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyati o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlari qisqarganligi yoxud tashkilot tugatilganligi munosabati bilan bo‘shatilgan, ishsiz deb e’tirof etilgan, qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxslarga muddatidan oldin (qonunchilikda belgilangan umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil avval) pensiyaga chiqish huquqi beriladi.
(49-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
50-modda. Ish beruvchi bankrot bo‘lganligi yoki tugatilganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar
Ish beruvchi nochor (bankrot) deb topilgan taqdirda, u bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlar ish haqi va o‘zlariga tegishli boshqa to‘lovlar xususida majburiyatlar bo‘yicha o‘zlarining talablari qanoatlantirilishi uchun boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan ustuvor huquqdan foydalanadi.
Tugatilayotgan tashkilotlarning mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu Qonun 49-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Tashkilotlarning tugatilishi, xodimlar soni (shtati) qisqartirilishi munosabati bilan bo‘shatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olingan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan o‘tayotgan yoki malakasini oshirayotgan xodimlarga stipendiya mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida to‘lanadi.

Download 128,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish