Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan


-bob. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish



Download 140,19 Kb.
bet9/11
Sana15.04.2022
Hajmi140,19 Kb.
#554385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O‘RQ-595 16.12.2019

8-bob. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish
45-modda. Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni ta’minlash
Davlat maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar bo‘lgan bolalarga qarab turish qisman yoki to‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.
Yetim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga qarindoshlik munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.
Ko‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj bo‘lgan bolalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan harakatlanish, protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi.
46-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ovqatlanishini tashkil etish
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar uchun tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami, ularni yoshiga doir fiziologik ehtiyojlariga muvofiq bo‘lgan ratsional va mutanosib oziq-ovqat bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oziq-ovqat sifati ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy bo‘linmalari va maktabgacha ta’lim organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarning ovqatlanishini tashkil etish autsorsing uslubi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
47-modda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lig‘ini saqlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
maqbul o‘quv yuklamasini belgilash;
sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini targ‘ib qilish, shakllantirish va o‘rgatish;
sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
kun tartibiga rioya etish;
sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish;
jismoniy faollik uchun shart-sharoitlar yaratish.
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarga tibbiy yordam maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yoki tegishli sog‘liqni saqlash muassasalarining tibbiy xodimlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Sog‘liqni saqlash organlari maktabgacha ta’lim organlari bilan birgalikda har yili bolalarning bepul tibbiy ko‘rigini, ularning sog‘lig‘i holati monitoringini va tuzatilishini (korreksiyalanishini) ta’minlaydi.
(47-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi O‘RQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tibbiy xodimlari sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyenik normativlarga rioya etilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davolash-profilaktika chora-tadbirlari o‘tkazilishi uchun javobgar bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom (14.05.2018-y., ro‘yxat raqami 3012).

Download 140,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish